Kenjaboev hamda Stanoevichning gollari "Nasaf"ga nazorat o'yinida g'alaba keltirdi
19 jan 2024 22:14
Yangiliklar
Kenjaboev hamda Stanoevichning gollari "Nasaf"ga nazorat o'yinida g'alaba keltirdi
Unda raqib sifatida Voronejning "Fakel" jamoasi maydonga tushdi.
Bahsda rossiyaliklar hisobni ochgandi.
Ikkinchi bo'limda Islom Kenjaboev hisobni tenglashtirdi. Oradan ko'p o'tmasdan Marko Stanoevich jarimadan gol urib, qarshiliklarga g'alaba keltirdi.
"Nasaf" - "Fakel" (Rossiya) 2:1
Gollar: Sergey Brizgalov (17), Islom Kenjaboev (75), Marko Stanoevich (79).
"Nasaf" - Zafar Safoev, G'olib G'aybullaev, Igor Golban, Zafar Hakimov, Akmal Mozgovoy, Javohir Siddiqov, Jaba Jigauri, Islom Kenjaboev, Murodbek Rahmatov, Nodirbek Mukarov, Aslidin Tursunpo'latov.
Zaxiradan tushganlar: Marko Stanoevich, SHahzod Akramov, Viktor Da Silva, Asliddin Tursunpo'latov, Bekjon Jo'raboev
"Fakel" - Gudiev, Masternoy, Brizgalov, Bojin, Kalinin, Alshin, Mendel, Yakimov, Magal, Mocpan, Appaev.
Zaxiradan tushganlar: Belenov, CHerov, Senxaji, Suslov, Poyarkov, Kvekveskiri, Sele, Bagateliya, Kovalyov, Bagamaev, Maksimov.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar