So’nggi yangiliklar

13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  0 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  2 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  1 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  5 11:20Ўйин давомида биттагина зарба. У "Сити" "Арсенал"дан 9 очко ортда қолиб кетишига етарли бўлди  1 10:55"Барселона" президентлигига қайта сайланган Лапорта нималар деди?  1 10:27Африка қитъасида дунёдаги энг катта стадион қурилмоқда  5 09:50МЮ раҳбари Майкл Кэррикни доимий бош мураббий қилмоқчи эмас  15 09:21Расман. Бразилиялик футболчи "Каттақўрғон" аъзоси  2 08:52"Сурхон"ни янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  2 08:23Исломбек Исмоилов тарихга кирди  8 07:54"Барселона" президентлик сайловлари натижаларини эълон қилди  10 07:30"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди  63 02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  6 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  9

"Kelajak? Balki "Paxtakor" bosh murabbiyi bo'larman" - Dragan CHeran Yangiliklar

"Kelajak? Balki "Paxtakor" bosh murabbiyi bo'larman" - Dragan CHeran

Intervyu vaqti!

"Paxtakor" etakchisi, to'purari Dragan CHeran ortda qolgan o'yinlar, klub rahbariyatidagi o'zgarishlar va kelajagi haqida saytimiz muxbiriga intervyu berdi. Suhbat davomida "Qizilqum"ga qarshi kechgan o'yin haqida ham fikrlarini bildirdi.  


CHeran Tojievga yaqinlashdi — "Qizilqum" - "Paxtakor" uchrashuvidan 8ta fakt


- Dragan dastlab Navoiyda kechgan "Qizilqum"ga qarshi uchrashuv xulosalari bilan o'rtoqlashsangiz...

- Juda qiyin o'yin o'tkazdik, deb o'ylayman. Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Deylik, havo shu kuni juda issiq bo'ldi. Ikkinchidan maydon holati. Barchasi o'z tasirini o'tkazmay qolmadi. Garchi raqibda vaziyatlar ko'p bo'lganiga qaramay birinchi bo'limda darvozamizdan to'p olib chiqmadik. Ikkinchi bo'lim boshida bizga tezkor gol kerak edi. Muhimi yakunda g'alaba qozondik. 

- Ushbu uchrashuvda ikki xil bo'lim guvohiga aylandik...

- Ularda 2-3 ta yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Lekin foydalana olishmadi. "Paxtakor" esa bundan foydalanib raqibni jazoladi. Rashidovning goli shunchaki ajoyib.


- "Qizilqum" "sherlar" uchun engil va qulay raqibmi? Uchrashuvdan avval statistikadagi to'liq ustunlik poytaxt klubida edi...

- Bugungi kunga kelib futbolda oson raqib tushunchasi yo'qolgan. Jamoa har bir o'yinga professional tarzda yondoshish zarur. "Qizilqum" yaxshi murabbiy va mahoratli futbolchilarga ega jamoa. Ularga hech qachon sovuqqon munosabatda bo'lmaganmiz. 

- Birinchi davra yakuniga etmoqda. OCHLdan bir nechta o'yinlarda duranglar qayd etildi. Muhim ochkolar boy berildi. Bunda jismoniy holat o'z so'zini aytdimi?

- OCHLdan so'ng ko'p jamoalarda sport formasida pasayish yuz berishi tabiiy hol. Ushbu musobaqada qisqa vaqt ichida ko'p o'yin o'tkazishimizga to'g'ri keldi. Bilasiz so'nggi yillarda OCHL markazlashgan tarzda o'tmoqda. Ammo bu zamonaviy futbol uchun normal holatdir. Biroz vaqt o'tib yana avvalgi "Paxtakor"ni qaytardik. Bu jamoadan muxlislar faqat g'alaba kutadi. 

- Klubda rahbariyat o'zgardi. "Paxtakor"da yangi davr boshlanyaptimi?

- Buni vaqt ko'rsatadi. 

- O'zbekistondagi oltinchi mavsumingizni o'tkazmoqdasiz. Kelajakda sizni yurtimizdagi biror jamoada murabbiy sifatida ko'ramizmi? Misol uchun o'z vaqtida "Nasaf"da qisqa vaqt to'p tepgan Ivan Boshkovich ayni paytda "Bunyodkor"da ishlamoqda...

- Butsalarimni mixga ilganimdan so'ng futbolda qolishni istayman. Bosh murabbiy sifatida faoliyatimni boshlash niyatim bor. Ko'ramiz, balki "Paxtakor"da shunday lavozimda ishlarman (kuladi).

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика