So’nggi yangiliklar

01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  2 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  5 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  3 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  31 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  18 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  11 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  63 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  303 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5 19:18Испания Суперкубоги учрашувлари санаси маълум  6

Kaxi Maxaradze: "Paxtakor" hamisha qalbimda, yuragimda qoladi" Yangiliklar

Kaxi Maxaradze: "Paxtakor" hamisha qalbimda, yuragimda qoladi"

"Paxtakor"dan "Lokomotiv"ga qaytgan gruziyalik legioner Kaxi Maxaradzening fikrlari bilan qiziqdik.


- Uzoq tanaffusdan so'ng yana "Loko"ga qaytdingiz...

- "Lokomotiv" yuksak maqsadlarni o'z oldiga qo'yadigan kuchli jamoa. Bu erga yangi maqsad va niyatlar bilan keldim. "Temiryo'lchilar" safiga o'tganimdan juda xursandman. Bu jamoada kuchli, mahoratli futbolchilar, ijrochilar yig'ilishgan. Men "Loko"ga ko'zlangan maqsadlarga etishishi uchun yordam berishga keldim. Men uchun "Loko"ga o'tish qiziqarli tuyuldi.

- Sizni "Lokomotiv"ga o'tishingizga nima to'rtki bo'ldi?

- Aynan nimadir to'rtki bo'lib bu erga o'tdim deya olmayman. "Paxtakor" jamoasi uchun beradigan narsamni berib bo'ldim deb o'ylayman. "SHerlar" safida ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritdim. "Paxtakor" bilan uch marta O'zbekiston chempionligi va O'zbekiston kubogini yutishga ulgurdim. Bu erdagi missiyam nihoyasiga etdi deb o'ylayman. "Paxtakor" jamoasi hamisha qalbimda, yuragimda qoladi. "Paxtakor" - bu "Paxtakor". U erda men juda ko'plab ajoyib damlar, unutilmas lahzalarni boshdan kechirdim. Buning uchun klubdagi barchaga katta rahmat aytaman va minnatdorchilik bildiraman. "Paxtakor" muxlislariga esa alohida tashakkur! Ularga ham katta rahmat aytaman. "Paxtakor" bu xalq jamoasi. Bu klubni barcha birdek sevadi, hurmat qiladi. Bu jamoani unutishning hech ham iloji yo'q.

- "Lokomotiv" uchinchi yildirki chempionlikni maqsad qilib kurashib kelmoqda. Lekin bu jamoa hali ham o'z maqsadiga erisha olganicha yo'q. Kaxi Maxaradze jamoaning ushbu muammosini echimi bo'la oladimi?

- Men kelib jamoani tezda chempion qilaman deya olmayman. Qo'limdan kelganicha "Lokomotiv"ning muvaffaqiyati uchun yordam beraman va jamoaga foydam tegishi uchun jonimni beraman. O'ylaymanki, biz jamoa bilan o'z oldimizga qo'yilgan vazifalarni alo darajada uddalaymiz.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика