Kaxi Maxaradze "Lokomotiv" bilan og'zaki kelishuvga erishdi
05 jan 2016 11:45
Yangiliklar


Kaxi Maxaradze "Lokomotiv" bilan og'zaki kelishuvga erishdi
2009 va 2010 yilgi mavsumlarni "Lokomotiv" safida o'tkazgan Kaxi Maxaradze yana sobiq jamoasiga qaytyapti.
So'nggi 5 yilni "Paxtakor" safida o'tkazib, uch marotaba O'zbekiston chempioni unvoniga ega chiqqan gruziyalik yarim himoyachi "temiryo'lchilar" bilan og'zaki kelishuvga erishdi.
Qisqa tatildan keyin kecha Toshkentga qaytgan Kaxi Maxaradze "Lokomotiv"ning Dubaydagi mashg'ulotlarida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatidan o'rin olgan.
O’xshash yangiliklar
21:20
Nematulla Quttiboev: "Hali hech kim hech narsa yo'qotmadi. Kurash so'nggi turgacha davom etadi" 0

Fikrlar