Karrager "Liverpul"ga Bundesliga murabbiyi kelishini xohlayapti
27 jan 2024 13:20
Yangiliklar
Karrager "Liverpul"ga Bundesliga murabbiyi kelishini xohlayapti
Kecha Klopp mavsum oxirida "qizillar" safini tark etishini malum qildi.
"Klopp SHenkli va Dalglish kabi mersisayd ommasi bilan tez til topishdi. Unga muxlislar bilan muloqot qilishni o'rganish kerak bo'lmadi. Yurgen Klopp huddi "Liverpul" ustozi bo'lish uchun tug'ilgandek.
Xabi Alonso aynan shu sabab uning o'rinbosari hisoblanadi. Eng birinchi kunlardan Xabi "Liverpul"da o'ynash uchun dunyoga kelgandek tuyilardi. U bilan birga to'p tepganmiz va ko'pchilik Alonso kelishini xohlamoqda. Xabi ushbu imkoniyatga ega bo'lishini istardim.
U "Liverpul" sobiq futbolchisi sifatida barcha talablarga javob beradi: Klub, shahar va muxlislarni yaxshi biladi, Bundesligada o'zini ko'rsatib, dunyoning eng mahoratli yosh murabbiylaridan ekanligini isbotladi. U o'z davrining eng zo'r murabbiylari - Rafa Benites, Joze Mourinyu, Karlo Anchelotti va Pep Gvardiolalar jamoalarida o'ynagan va tajriba to'plagan.
"Brayton"dagi Roberto De Dzerbi ham radar ostida bo'lishi kerak. Alonso va De Dzerbi Klopp kabi o'zida bor manbalardan foydalanib, qiziqarli futbol tashkil qila oladi.
O'rinbosarning vazifasi - Klopp soyasidan chiqish" - deydi "Liverpul" sobiq himoyachisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar