So’nggi yangiliklar

02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  0 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9

Karlush Keyrush: Ronaldu - sayyoramizdagi eng zo'ri, Messi esa... Yangiliklar

Karlush Keyrush: Ronaldu - sayyoramizdagi eng zo'ri, Messi esa...

Eron terma jamoasi o'z tarixida ilk bor ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.

To'rt yil oldingi kabi eronliklarni Karlush Keyrush boshqaradi. Ushbu kunlarda Evropada yaxshigina mashhurlikka erishgan mutaxassis Sochida mundial ishtirokchilari seminarida qatnashmoqda va turnir tashkilotchiligi borasidagi ishlarni kuzatib bormoqda.

"Oldimizdagi muhim musobaqaning tashkilotchiligi va texnik ishlarini kuzatib borish - biz uchun juda muxim", - dedi portugaliyalik.

To'rt yil oldin eronliklar 8 yillik tanaffusdan keyin JCHga qaytishgandi. Saralash bahslarda ishonchli o'yin ko'rsatishdi va Rossiyadagi mundialga yo'llanma olishdi.

- Rossiyadagi Jahon chempionatida terma oldiga qanday vazifalar qo'yilgan? Ketma ket ikki marta JCHda ishtirok etganda termaga qanday bosim tushishi mumkin?

- Terma jamoa yaxshi saviyada. Biz Braziliyada yuqori saviyali top termalar bilan kuch sinashdik va tajriba sababli barqaror va raqobatbardosh jamoa ekanligimizni isbotlay oldik. Faqat - Osiyo boshqa, jahon arenalari umuman o'zgacha. Ayni damda biz -yaxshi termamiz. FIFA reytingida ham kuchli termalar bilan bir qatordamiz. Saralash bahslarida birorta uchrashuvda mag'lub bo'lmadik va ikkitagina gol o'tkazib yubordik. Rossiyaga aniq orzular bilan boramiz.


- Orzuingiz qanday?
- Pley-offga chiqishni istaymiz. Biroq bu juda qiyin ish. Barcha guruhimiz juda kuchli ekanligini biladi - Ispaniya va Portugaliyaga qarshi o'ynaymiz. Biroq bunga ahamiyat bermasdan boshni ko'tarib maqsad sari intilish kerak. Bu turnir orqali biz o'zimizga keyingi mintaqaviy musobaqalarga ham tayyorlanamiz. SHuning uchun maqsad aniq - guruhdan chiqish. Bunga erishish uchun anchagina mehnat qilish kerak.

- "Portugaliyaga qarshi o'ynash" iborasi sizni qo'rqitmayaptimi?
- "Portugaliya va Ispaniyaga qarshi o'ynash" iborasi biroz qo'rqinchliroq (kuladi). O'z vatandoshlarimga qarshi shogirdlarimni maydonga olib chiqish - Eron termasi uchun ham juda muhim. Ispaniya va Marokash terma jamoalari bilan o'yinlarni intizorlik bilan kutyapman.

- Asosiy vaziyatlar haqida. Murabbiy nuqtai nazari bilan aytingchi, Krishtianu Ronalduni to'xtatishning iloji bormi?
- Bunday buyuk futbolchilari bor terma bilan o'ynash oson bo'lmaydi. Ayni paytda biz sayyoraning eng yaxshi futbolchisi haqida gaplashyapmiz. Ammo bu holat o'yinni boshlab beradigan hushtakdan keyin ikkinchi planga chiqishi kerak. Maydonda ikki jamoa g'alaba uchun o'ynaydi. Faqatgina uchrashuv kim aslida kim ekanligini ko'rsatadi.

- Ronaldu bilan birga ishlagansiz. Bu haqda qanday xotiralar qolgan?
- Tushunarliki, u gol uradigan futbolchi. Bizni "Manchester Yunayted" hamda Portugaliya terma jamoasi bog'lab turadi. Biroq bunga ancha vaqt bo'ldi. JARdagi Jahon chempionati o'tmishda qolib ketdi. Vaqt o'tdi, endi jamoamda boshqa Ronaldular bor. Endi termaga Alirizo Jahonbaxsh va Ali Karimiga o'xshagan futbolchilar lozim. Ronalduga emas, endi o'zim bilan ishlaydiganlarga katta etibor berishim kerak.

- Buyuklar haqida gapirishda davom etamiz. JCH-2014da termangiz Leo Messini "yopib qo'ya oldi". Biroq u baribir gol urdi...
- Har doim aytaman, Messi - dahshatli futbolchi. Uni o'zga sayyoralik deb hisoblayman. Agarda u inson bo'lganida bunday gol ura olmasdi (kuladi). Mag'lubiyatni yoqtirmayman, biroq o'sha kuni yutqazganimizda jamoadan hafa bo'lmadim. Mana shunday holatlar orqali futbol - sport turlari orasida birinchi raqamli ekanligini his qilasiz. Ko'proq gapiraman. (Hazilona ravishda) SHunday futbolchilarni FIFA tasnifidagi turnirlariga qo'ymaslik kerak.


- Suxbatimiz yakunida Rossiya chempionatida (Sardor Azmun, Said Izzatullohiy va Milad Muhammadiy) to'p tepayotgan futbolchilaringiz haqida gaplashsak. Ularning termadagi o'rni qanday?
- Ular bizga juda ham muhim. Ular Rossiya futbolida o'sishga erishmoqda va Erondagi futbolning rivojiga katta hissa qo'shishmoqda. 2011 yilda bir futbolchimiz Ispaniya chempionatida o'ynadi. Tarkibdagi kamida 60 foiz futbolchimiz Evropa qitasi klublari sharafini himoya qilishadi. Ularning bari men uchun juda muximdir. Bunday saviyali futbolchilar 8 yil davomida Eron futboli rivojini ko'rsatib berishi darkor.


Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика