Karlos Ronaldu va Messidan keyin eng yaxshi bo'lish uchun kurashadigan 3 futbolchini aytdi
19 may 2020 21:00
Yangiliklar
Karlos Ronaldu va Messidan keyin eng yaxshi bo'lish uchun kurashadigan 3 futbolchini aytdi
Braziliyalik sobiq himoyachi Roberto Karlos “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu hamda “Barselona” Lionel Messidan keyin dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun kimlar kurashishi haqida fikr bildirdi.
“Ronaldu hamda Messi yuqori cho'qqida yana 3 yil turadi. Ularning o'rnini esa Neymar, Mbappe va Eden Azar egallaydi. Aminmanki, Azar yaqin orada dunyoda birinchi raqamli ekanligini yana isbotlay oladi”, deydi Karlos.
Avvalroq, u braziliyalik Ronaldoga hech qaysi futbolchi teng kelmasligi haqda gapirgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar