Karlo Anchelotti: "Mbappe bilan hujumimiz kuchaydi, biroq..."
04 apr 21:43
Yangiliklar
Karlo Anchelotti: "Mbappe bilan hujumimiz kuchaydi, biroq..."
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasidagi hujum chizig'i sezilarli kuchayganini, biroq himoyada muammolar borligini aytdi.
"Real" Ispaniya Kubogi yarim finalida "Real Sosedad"ga qarshi javob o'yini asosiy vaqtida 3:4 hisobida mag'lub bo'ldi va penaltilar seriyasidagina g'alabani ilib ketdi.
Himoya va o'tkazib yuborilgan gollar haqida
"Biz jamoa sifatida anchagina o'sdik. Gap individual xatolar haqida emas. Alaba yaxshi o'ynadi, biroq gol olib keldi. Bu shunchaki omadsizlik. Biz to'rtta gol o'tkazib yuborishga loyiq emasdik, to'rttadan ko'proq gol urishimiz kerak edi.
O'zgardik, Mbappe bilan hujumda yanada kuchaydik. Ammo himoyada ko'p azob chekyapmiz. Buni yaxshi bilamiz".
Gyuler va Endrik haqida
"Ular jamoaga yordam bera olishini namoyish qilishdi. Ular orqali hujumdagi faolligimiz oshmoqda", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar