Karlo Anchelotti "Barselona" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng fikr bildirdi
06 apr 2023 09:45
Yangiliklar
Karlo Anchelotti "Barselona" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng fikr bildirdi
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barselona" bilan o'yindagi yirik g'alabadan so'ng (4:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz ajoyib o'yin o'tkazdik - aks holda bu stadionda 4:0 hisobida g'alaba qozona olmasdik.
Birinchi bo'lim boshida bizda muammolar bo'ldi, ammo birinchi gol o'yin dinamikasini o'zgartirib yubordi.
Bunday o'yinlarda xarakter va tajriba muhim. Tarkibdagi Rodrigo, Valverde va Kamavinganing shiddatiga Vinisius, Modrich va Kroosning tajribasini aralashtirishga erishish lozim. Ular o'yinni ajoyib o'tkazishdi.
Kamavinga hali yosh, u yaxshi formada va har qanday poziciyada o'zini ko'rsata oladi: tayanch yarim himoyachisi, qanot himoyachisi sifatida ham. U yangi vazifalarga ko'nikmoqda. U duelni yaxshi o'tkazdi.
Kiyinish xonasida bayram qildik, chunki final yo'lida muhim "devor"dan oshib o'tdik", - dedi Anchelotti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar