So’nggi yangiliklar

21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  3 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  2 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  17 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  64 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4

Kamoliddin Murzoev: "Finalda ikki jamoaga ham oson bo'lmaydi" Yangiliklar

Kamoliddin Murzoev: "Finalda ikki jamoaga ham oson bo'lmaydi"

“Paxtakor” va AGMK ishtirokidagi final uchrashuvidan oldin sobiq futbolchi, ayni damda O'zbekiston futbolchilar uyushmasida faoliyat ko'rsatayotgan Kamoliddin Murzoev fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ushbu yilgi mamlakat kubogi finalida o'tgan yilgi juftlik, “Paxtakor” va Olmaliq shahri jamoalari o'zaro to'qnash keladi. SHiddatli tus olishi kutilayotgan o'yinda qaysi jamoaning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?
- Holis inson sifatida shuni aytishim mumkinki, bu yil “sherlar” ancha shakllangan. Avvalgi yilga qaraganda barqaror. Klub rahbarlarining o'z oldiga qo'ygan maqsadlari qiyinligiga qaramasdan mexnat qilishda davom etishdi va uning samarasini ko'rishdi. Menimcha SHota Arveladze shogirdlarini imkoniyatlari biroz yuqoriroq. Ammo, olmaliqliklar ham osonlikcha taslim bo'lmasligini taxmin qilaman.

- Mazkur o'yinda ikki jamoa tarkibidagi legionerlar barcha narsani hal qilishlari mumkinmi? Gap Dragan CHeran va Elguja Grigalashvili haqida ketmoqda...

- O'ylashimcha, “Paxtakor”ning barcha chiziqlarida bugungi kundagi eng kuchli xorijlik va mahalliy futbolchilar yig'ilgan. Nafaqat CHeran, balki Masharipov, Sayfiev, Hamrobekov, Hamdamov... SHu nuqtai nazardan CHeranga osonroq bo'ladi. Final bu – final. U hayotingiz davomida bir marotaba bo'ladi. Ayniqsa, o'rtamiyona klubda to'p tepayotgan bo'lsangiz. O'tgan yili biz bir oila bo'lib, bir yoqadan bosh chiqarib kubogni o'zimizniki qilgan edik. Lekin, legionerlar asosiy qahramon bo'ladi degan fikrdan yiroqdaman.

- Ijtimoiy tarmoqlarda ishqibozlarning bildirgan fikrlariga qanday munosabat bildirasiz? Ertaga muxlislar katta sahnaga chiqishlari aniq...

- Har bir jamoaning sadoqatli va fidoyi jonkuyarlari ko'paysa o'yinning shiddati va zavqi oshaveradi. Futbol muxlislar bilan go'zal.

Abdulaziz suhbatlashdi


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика