So’nggi yangiliklar

15:13ЖЧ-2026 саралаши. Ҳаммани "савалаётган" Япония ва Австралиянинг асосий таркиблари маълум  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:21Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  1 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  8 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  27 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  17 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6

Kamerun terma jamoasi murabbiyi o'z o'yinchilarining ismini bilmaydi. Bu hazil emas Yangiliklar

Kamerun terma jamoasi murabbiyi o'z o'yinchilarining ismini bilmaydi. Bu hazil emas

Teglar :  JCH-2022Kamerun
Balki, bunga Eto'O aybdordir.

Kamerun terma jamoasini Jahon chempionatida Brazili, SHveycariya va Serbiya bilan qiyin guruh kutib turibdi. Qiyin bo'ladi, ammo afrikaliklarda qiziqarli tarkib bor – hujumda SHupo-Moting, yarim himoyada Zambo-Angissa, darvozada Andre Onana.

Jamoani to'rtta JCHda ishtirok etgan va terma jamoada o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi (130) hisoblangan afsonaviy Rigober Song shug'ullantirmoqda. Ammo, bitta muammo bor: Song jamoasidagi ayrim o'yinchilarining ismini bilmaydi.

Song elon qilish paytida o'zi jalb qilgan futbolchilarning ismi va familiyasini chalkashtirib yubordi. Rigoberni jurnalistlar to'g'irlab yuborishdi, bazida esa hatto matbuot kotibi ham aralashdi.




Dastlab "Siettl" himoyachisi Nuu Tolo bilan o'xshamadi – uni Mumi Etulu dedi, keyin jurnalistlar aytib yuborishdi. Keyinchalik Kamerun chempionatida o'ynaydigan Suaibu Maru (shunchaki Suadibu dedi) va Jerom Ngom (matbuot kotibi yordamisiz ayta olmadi) bilan ham xato qildi. Murabbiy "Marsel" darvozaboni Simon Ngapanduetnbuni shunchaki ismi bilan atadi, shu sabab uni yutubdagi izohlarda tanqid qilishdi.


Balki, ushbu futbolchilarni terma jamoaga Eto'O olib kelgandir. Aynan u Rigoberni tayinlagan


Song martdan beri terma jamoada – jamoani Antoniu Konseyshaudan so'ng qabul qilib oldi. Portugaliyalik murabbiy yaxshi natijalarga erishdi (14ta g'alaba, 6ta durang va 3ta mag'lubiyat), ammo Afrika Kubogi yarim finalida Misrga yutqazdi.

Sport vaziri Konseyshauni saqlab qolishni juda ham xohlagandi, ammo futbol federaciyasi rahbari Samyuel Eto'O bunga qarshi edi. Eto'O o'tish o'yinlari yakunida bunga qadar yoshlar terma jamoasini boshqargan Songni tayinladi.



Kamerun Rigober bilan saralashda Jazoirdan o'tdi va JCHga chiqdi. Kamerunliklar shundan so'ng yana to'rtta o'yin o'tkazishdi: Burundini yutishdi, O'zbekiston va Janubiy Koreyaga yutqazishdi, noyabrda esa Yamayka bilan durang o'ynashdi.

Nega Song familiyalarda adashdi? Marca'da ikkita talqin bor. Birinchisi: Rigober shunchaki yarim yil ichida mahalliy futbolchilarning familiyasini o'rganishga ulgurmagan. Ikkinchisi: bu o'yinchilarni terma jamoaga Eto'O jalb qilgan, murabbiyning o'zi esa ular bilan deyarli tanish emas.


Kamerun terma jamoasi: "Bavariya" yulduzi, A Seriyadagi eng yaxshi yarim himoyachilardan va Rossiya fuqaroligiga ega o'yinchi


Kamerun kamida o'yinchilari turli top-ligalardan kelgan qiziqarli jamoa.

Darvozada "Inter"da Andre Onana turadi. Uning o'rinbosarlari "Marsel"dan Simon Ngapanduetnbu va Saudiya Arabistonining "Abxi" jamoasidan David Epassi. Bundan tashqari "Aris"dan tajribali Nkulu va Liga 1dan taniqli Kasteletto va Vular bor.

Yarim himoyadagi o'yinni A Seriyaning haqiqiy yulduzi bo'lgan "Napoli" o'yinchisi Frank Zambo-Angissa boshqaradi. Unga "Lokomotiv" (Moskva) tarbiyalanuvchisi, CSKA va "Anji"da o'ynagan va Rossiya fuqaroligiga ega Gael Ondua yordam beradi.



Eng yulduzli chiziq – hujum. Bu erda "Bavariya"da birin-ketin gollarni urayotgan Erik-Maksim SHupo-Moting va o'zini Salahdan kuchli sanaydigan "Al Nasr"dan Vensan Abubakar bor. SHuningdek tarkibdan Brayan Mbeumo ("Brentford") va Karl-Toko Ekambi ("Lion") o'rin olgan.

Rigober Song va uning jamoasi (hatto ismini bilmaydigan futbolchilar ham) Jahon chempionatini 24 noyabr kuni SHveycariyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.


Mundial 2022. Kamerun!


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика