Kamavinga ortidan "Real"ning yana bir asosiy futbolchisi jarohat oldi
23 avg 2024 17:07
Yangiliklar
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Madrid jamoasi mashg'ulotlarini oqsoqlangan holda tark etdi. Bu haqda jurnalist Edu Agirre xabar bermoqda.

Keyinroq bu malumotni "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti tasdiqladi.
"Bellingem mashg'ulotlarda zarba qabul qilib oldi. Uning ahvoli o'rganilmoqda", – dedi italiyalik mutaxassis.
O'z navbatida, "The Athletic" nashri Bellingemning jarohati jiddiy emasligini yozdi.
25 avgust kuni "Real" Ispaniya chempionati 2-turi doirasida o'z maydonida "Valyadolid"ni qabul qiladi.
Kamavinganing jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. Uning qachon safga qaytishi malum
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar