Kamavinga "Atletiko" bilan o'yindan keyin oqsoqlanib yurgan holda ko'rinish berdi
05 fev 2024 19:59
Yangiliklar
Kamavinga "Atletiko" bilan o'yindan keyin oqsoqlanib yurgan holda ko'rinish berdi
Eduardo Kamavinga "Atletiko"ga qarshi o'yinda jarohat olishi mumkin edi.
"Marca" xabariga ko'ra, "Real" yarim himoyachisi kechagi derbida (1:1) ilgari jarohat olgan tizzasidan zarba qabul qilib oldi. O'yindan so'ng Kamavinga oqsoqlanib tribunaostiga kirib ketdi.

Qayd etilishicha, franciyalik futbolchi anchadan beri tizzasida noqulaylik his qilib keladi va o'yinlar, mashg'ulotlar vaqtida bandaj kiyib yuradi.
O'yindan keyingi anjumanda "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti xavotirlanishga asos yo'qligini aytdi.
"Bilmayman, menga hech narsa deyishmadi. Bu shunchaki lat eyishga o'xshamoqda", – dedi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, Kamavinga tizza bo'g'imlarini cho'zib olgani sababli 2 oyga yaqin maydonga tusha olmagan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar