Jurnalist Serbiya ishtirokidagi uchrashuv vaqtidagi harakati uchun jazolandi
20 iyu 11:46
Yangiliklar
Jurnalist Serbiya ishtirokidagi uchrashuv vaqtidagi harakati uchun jazolandi
Kosovolik jurnalist Arlind Sadik Evropa chempionati-2024da ishlash uchun berilgan akkreditaciyasidan mahrum etildi.
Guruh bosqichi 1-tur doirasida Serbiya - Angliya ro'baro kelishdi. Ushbu o'yin vaqtida kosovolik jurnalist serbiyalik muxlislar tomon qayrilgan va qo'llari bilan ikki boshli burgutni ifodalagan. Serbiya Futbol Federaciyasi vakili (SFF) Milan Vukovich UEFAdan Arlind Sadikni provokacion harakati uchun chetlatishni so'radi.
Malum qilinishicha, Sadik o'zining harakatlari professional jurnalistga to'g'ri kelmasligini tan olgan va aslida hech kimni kamsitmoqchi bo'lmaganini malum qilgan. SHuningdek, u ijtimoiy tarmoqlarda o'lim bilan tahdid qilishganini aytgan.
Fikrlar