So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Jim Retkliff Erik ten Xagni qo'llab-quvvatlaydi Yangiliklar

Jim Retkliff Erik ten Xagni qo'llab-quvvatlaydi

"Manchester Yunayted"ning yangi akciyadori Jim Retkliiff jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagni qo'llab-quvvatlaydi.

"The Guardian" xabariga ko'ra, agarda jamoaning natijalari juda yomon, proval holatga kelib qolmasa, murabbiy istefoga chiqarilmaydi. Ayni damda Jim Retkliff hamda Deyv Breylsford transferlar siyosatini to'liqligicha qo'liga olgan. Ular avvaliga o'zgarishlarni nazorat qilishlari kerak. SHundan keyin ular bosh murabbiyga vazifa yuklaydi.

Jim eng avvalo o'zi sarmoya kiritadigan futbolchilar, murabbiylar shtabi, ishchi-xodimlarni sinovdan o'tkazadi. Ular Angliya chempionligi yo'liga qaytish, Evropada top-jamoa bo'lish ambiciyalarini tushuntirib, birga ishlay olishi mumkinligini ko'rib chiqadi.

Juda katta taxlillardan keyingina ten Xagning kelajagi borasida qaror qabul qilinadi.

Oldinroq ten Xag hamda Retkliff o'zaro uchrashgani borasida malumotlar tarqagandi. Murabbiyning o'zi bunga ijobiy javob bergandi: "Barcha savollarda bir xil fikrladik. Menimcha, ishlashda davom etaman".

Ayni damda "Yunayted" APL turnir jadvalida 31 ochko to'plagan holda 8-o'rinni egallab turibdi. Jamoa ECHL va Angliya Liga Kubogidan chiqib ketib bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика