So’nggi yangiliklar

09:50«Манчестер Сити» испаниялик футболчига 200 миллион фунт тўлашга тайёр  1 09:22Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:57Суперлига. Бугун 6-тур якунланади  4 08:26ОФК президенти Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Осиё кубогида ғолибликни қўлга киритгани муносабати билан табрик йўллади  20 07:55Ўзбекистонни чeмпион қилган Исломбек Исмоилов финалдан сўнг нималар деди?  25 07:30U-17 Осиё кубоги. Уч нафар футболчимиз «энг яхши» совринига эга бўлди  11 07:10U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0, Фантастик ғалаба!  9 06:51Валверденинг сўнгги дақиқалардаги супер голи «Реал»га муҳим ғалабани тақдим этди  11 05:31Александр Хомяков: "ВАР билан боғлиқ ҳолат, вақт чўзилиши бизнинг зараримизга ишлагандек бўлди"  11 04:41Бундеслига. "Аугсбург" — "Айнтрахт" ўйинида дуранг, "Боруссия Дортмунд" бешта гол урилган ўйинда ғалаба қозонди, "Байер" дуранг ўйнади  0 04:23А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" эса "Аталанта"га мағлуб бўлди  2 00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  3 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  11 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  3 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  9

Jervino: “Mundialni Kot-d`Ivuarsiz tasavvur qilolmayman” Yangiliklar

Jervino: “Mundialni Kot-d`Ivuarsiz tasavvur qilolmayman”

Teglar :  Kot-d'IvuarJervino
Dide Drogba etakchiligi davrida biror yirik sovringa ega chiqmagan Ivuar terma jamoasi u terma jamoadan ketgach, Afrika Millatlar Kubogida g'alaba qozondi.


Jervino o'sha muvaffaqiyat qo'lga kiritilishida hujumdagi faolligi bilan katta rol o'ynadi. Belgiya, Franciya, Angliya va Italiya chempionatlaridagi faoliyatidan keyin hujumchi 2016 yilning yanvar oyida Xitoyning “Xebey CHayna Forchun” klubiga ko'chib o'tdi. “FIFA.com” muxbiri Jervinoning Xitoy futboliga moslashishi va terma jamoadagi faoliyatiga oid jihatlarga qiziqdi.

– Xitoydagi dastlabki oylar qanday o'tdi?

– Menda hammasi yaxshi. Klub mahalliy sharoitlarga sport va kundalik hayotda moslashishim uchun barcha choralarni ishga soldi. Natijalarimiz buni tasdiqlaydi. Xitoy va mahalliy hayot bilan tanishish muvaffaqiyatli o'tmoqda, odamlar bu erda juda mehmondo'st. Cinxuandao - juda chiroyli shahar. Stadionni bilardim: 2008 yil bu erda Olimpiadada o'ynagandim.

– Xitoydan avval turli mamlakatlarda turli saviyadagi jamoalar o'ynadingiz va barchasida omad kulib boqdi. Bunday barqarorlikning sababi nimada?

– Mehnat va yana bir bor mehnatda! Jiddiy ishlash menga “ASEK Mimozas” klubi akademiyasidan odat bo'lib qolgan. Turli ligalarda o'ynab tajriba to'pladim va bu menga istalgan holatga moslashishga yordam beradi. Xitoyga kelayotib oson bo'lmasligini bilardim, chunki Xitoy jamoalari saviyasi ancha yuqori. “Arsenal” bilan turneda Osiyo klublariga qarshi bir necha bor o'ynaganmiz. Mamlakatga ajoyib xorijlik futbolchilarning kelishi tufayli saviya yanada ko'tarildi. Bu erda ortiqcha qiynalmasligi haqida o'ylaydigan futbolchilarni katta afsuslanish kutadi.

Faoliyatingizning har bir qismida nimalarni o'rgandingiz?

– O'ynagan klublarim ko'p narsa bergan. “Beveren”da professional futbol va Evropa hayoti bilan tanishganman. “Le Man”da o'ynagan chog'imda terma jamoaga chaqirildim. “Lill” bilan Franciya chempionati va Kubogida zafar quchdim. “Arsenal” shunchaki Angliya chempionati emas, balki bolalikdan orzum edi. Futbol akademiyasiga borganimdayoq bu jamoa safida o'ynashni orzu qilardim. SHunchaki ertak! Xitoyga kelishdan avval o'zim uchun “Roma”da o'ynash orqali Italiya eshiklarini ochdim. U ajoyib muxlislarga ega fantastik jamoa. Ular har yili chempionlikni nishonlashga loyiqlar.

Faoliyatingizda Rudi Garsiya qanday ahamiyat kasb etadi?

– Rudi hayotimda katta rol o'ynagan. Buni takrorlashdan charchamayman. Uning qo'l ostida “Le Man”, “Lill” va “Roma”da o'ynadim. Boshidanoq u bilan bir-birimizni tushunganmiz, futboldan tashqarida ham. U menga siz bilgan darajada futbolchi bo'lishimga yordam bergan.

– Terma jamoada 70dan ortiq uchrashuv o'tkazib, Salomon Kaludan keyin ikkinchi natijasini qayd etib turibsiz. Terma jamoada hozirgi rolingiz qanday?

– Hozir sardorman. Salomon bilan yoshlar termasidan birga o'ynaganmiz, asosiy termada ham bir paytda o'ynashga tushganmiz. “Fillar” sardori bo'lish katta faxr. Oldinga qadam tashlashda davom etishimizga umid qilaman. Hozir bizda yangilanish ketmoqda – jamoa juda yosh, faxriylar ketishdi. Kot d’Ivuar Afrikada amaldagi chempion va Gabondagi navbatdagi turnirgacha shunday bo'lib qoladi.

Kot-d’Ivuar safida Afrika qitasining eng yorqin yulduzlari o'ynagan bo'lsa-da, jamoa jahon chempionatida biror marta guruhdan chiqa olmagan. Buni qanday izohlaysiz?

– Final bosqichiga ketma-ket uch marta chiqdik, biroq har safar qiyin guruhdan o'rin olganmiz. Braziliyada hamma nihoyat pley-offda o'ynashimizni kutgandi. Afsuski, Greciya bilan uchrashuvda 93-daqiqada mag'lubiyatga uchradik va omad kulib boqmadi. Muammo tayyorgarlikda bo'lgan deb o'ylamayman. Kolumbiyadan ikkinchi o'yindagi 1:2 hisobida mag'lubiyat juda og'riqli edi. Musobaqani Yaponiyani mag'lub etgan holda yakunladik. Yakunda taqdirimiz oxirgi lahzalarda oydinlashdi, Greciya omadliroq chiqdi. Tarixni o'zgartirib bo'lmaydi. Biz munosab saboq oldik. U bizga Afrikada chempion bo'lishga yordam berdi.

Ikki jahon chempionatida o'ynadingiz. Birinchisida Braziliyaga qarshi, keyingisida esa Braziliyada. Jervino laqabli futbolchi uchun bu o'zgacha ahamiyatga ega bo'lgandir?

– Braziliya bilan Afrikada o'tgan mundialda o'ynagandim. Yaxshi kechgan bellashuvda imkoniyatni boy berganmiz. O'sha bahs biz uchun o'ziga xos derbiga aylangandi, chunki jamoamizni “Afrika Braziliyasi” deb atashadi. Bizga qarshi 5 karra jahon chempioni turgandi! Saviya o'rtasidagi farq yaqqol ko'rinib turgandi. Mag'lubiyatga qaramay, bu ajoyib tajriba bo'lgan. CHempionatning barcha bellashuvlari singari.

2006 yil 19 yoshda “Beveren”da o'ynashni boshlab, katta futbolga kirib kelayotgandingiz. Kot-d’Ivuarning mundial   yo'llanmasini qo'lga kiritganini qanday qabul qilgansiz?

– Bu shunchaki ishonib bo'lmas voqea edi! Reglament shunday ediki, biz Kamerunning natijasini kutishga majbur bo'lib qolgandik. Muvaffaqiyat jamoani yaqinlashtirdi. Uning ortidan ikkinchi musobaqa final bosqichiga ham yo'llanma oldik. Men kabi yosh o'yinchilar uchun bu foydali bo'lgandi. Odamlar Kot-d’Ivuarni hech yo'g'i jahon xaritasidan topishardi. Ivuarlik futbolchilarga qiziqish o'sdi. O'shandan beri ko'pchilik Evropaga ko'chib o'tdi. Bunda terma jamoaning jahon chempionatidagi ishtiroki katta o'rin tutgan.

– O'sha avlod jamoa tarixida eng kuchlisi bo'lganmi?

– Bizda hamisha kuchli jamoa bo'lgan. Qay biri eng zo'rligini aytish qiyin. Oxirgi uch mundialdagi ishtirok terma jamoa mashhurligini oshirdi. Hozir futbolchilar eng kuchli birinchiliklarda o'ynashmoqda.

Jahon chempionatiga to'rtinchi marta qatorasiga borish uchun imkoniyat qanday?

– Agar bizga bu ishni to'rtinchi bor uddalash nasib qilsa, bu ajoyib natija hisoblanadi. Saralash bahslari davom etmoqda. Afrikada vaziyat qiyinroq, bizga umumiy besh yo'llanma berilgan. Bizda imkoniyat bor va oxirigacha kurashishda davom etamiz.

– 2016 yil klub va terma jamoada oldingizga qanday maqsad qo'ygansiz?

– Mavsum boshlanishidan avval klub oldiga dastlabki sakkiz pog'onadan joy olish vazifasi qo'yilgandi. Hozir biz “Guanchjou Evergrand”dan keyin ikkinchi o'rinda ketyapmiz. Rejani ortig'i bilan uddalayapmiz. Terma jamoaga kelsak, Gabondagi Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichidan o'tib, unda zafar quchishdir. Albatta, jahon chempionati saralash bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etishimiz lozim. Kot-d’Ivuar kabi mamlakat mundial final qismida qatnashishi darkor.

Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика