So’nggi yangiliklar

22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  0 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  0 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  11 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 21:04"Галатасарой" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  16 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  0 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  17 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  33 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  15 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  2 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  10 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  8

"16 yil ichida bunday holatga duch kelmagandik!" - "Borussiya" ultraslari "Atalanta" bilan o'yinni boykot qilishdi Yangiliklar

"16 yil ichida bunday holatga duch kelmagandik!" - "Borussiya" ultraslari "Atalanta" bilan o'yinni boykot qilishdi

Dortmundning "Borussiya" klubi ashaddiy muxlislari (ultraslar) Chempionlar Ligasi doirasidagi muhim javob uchrashuvida o'z jamoasini qo'llab-quvvatlamaslikka qaror qilishdi.

Ular Italiya policiyasi va mahalliy hukumatning xatti-harakatlariga shunday javob qaytarishdi.

Vaziyat qanday edi?

Eslatib o'tamiz, ECHLning 1/8 finaliga yo'llanma beruvchi hal qiluvchi bahs bugun Bergamo shahrida bo'lib o'tadi. Dastlabki o'yinda dortmundliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Biroq javob o'yini oldidan muxlislar jiddiy to'siqlarga duch kelishdi:

Seshanba kuni Italiya policiyasi "Borussiya" muxlislari joylashgan mehmonxonalarda reydlar o'tkazdi;

Ayrim nemis fanatlarining Italiyaga kirishi umuman taqiqlandi;

"Atalanta" klubi "xavfsizlik nuqtai nazaridan" bazi nemis muxlislar guruhlariga chipta sotishni cheklab qo'ydi.

"Og'ir yurak bilan boykot elon qilamiz"

"Südtribune" muxlislar alyansi ushbu nohaqliklarga qarshi keskin bayonot bilan chiqdi:

"Federal policiya Germaniya aeroportlarida asossiz sabablarga ko'ra bugungi o'yinga kirishi taqiqlangan 300 nafar ultrasni qo'lga olish maqsadida tintuvlar o'tkazmoqda. Bu taqiqlar sud orqali bekor qilingan va to'xtatib qo'yilgan bo'lishiga qaramay, ular shunday qilishyapti.

"Borussiya" muxlislari evrokuboklardagi 16 yillik uzluksiz ishtiroki davomida biror marta bunday holatga duch kelishmagan. Barcha sud qarorlari bizning foydamizga hal qilingan bo'lsa-da, muxlislar o'yinga kirish uchun turli yuridik jarayonlardan o'tishga majbur qilinmoqda.

Shunday vaziyatda, og'ir yurak bilan jamoani mehmondagi o'yinda qo'llab-quvvatlamasligimizni elon qilishga majburmiz. Shu bilan birgalikda, bunday choralar odatiy holga aylanib qolmasligi uchun biz Fanhilfe Dortmund bilan birgalikda apellyaciya beramiz".

Ko'rinishidan, bugun "Borussiya" Bergamodagi qaynoq stadionda muxlislarining yordamisiz, katta bosim ostida harakat qilishiga to'g'ri keladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

   
25 fev 21:58:59
Burhonbek Abdumo'minov
Atalantadan moʻjiza kutamiz
   
25 fev 18:36:05
Марко Ройс
Худо хохласа кейинги боскичга чикамиз. Олга БОРУССИЯ
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика