Jerrard yana bir bor Slotni tanqid qildi
30 jan 01:53
Yangiliklar
Jerrard yana bir bor Slotni tanqid qildi
Oldinroq Slot o'tgan mavsumda jamoaning ECHLdan ertaroq chiqib ketgani APL chempionligiga yordam berganini aytib o'tgandi.
"Muxlislarning bundan norozi bo'lganini tushunaman, chunki o'sha payt jamoa 15 ochkoga ilgarilab ketgandi. O'sha paytda jamoa deyarli chempion bo'lib bo'lgandi. "Liverpul"ning ECHLdan chiqib ketgani bunga yordam berdi, degan gap esa muxlislarga zarba bo'ldi. Chunki ular pullarini ishlatib, hamma o'yinlarga borishgan va jamoani ECHL o'yinlarida qo'llab-quvvatlagandi.
O'shanda jamoaning ECHLdan chiqib ketgani muxlislar va futbolchilar orasida og'riqli qabul qilingandi. Bu ularni o'ldiradi. 15 ochkolik farq bo'la turib, bu chempionlikka yordam berdi degandan keyin muxlislarning xafa bo'lishini tushunsa bo'ladi", - dedi Jerrard.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar