So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  2 01:50BALLON D'OR-2025  101 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  20 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

"Jenoa" haligacha SHomurodovning transferidan "Mashal"ga pul yuborgani yo'q. Ishga FIFA aralashishi mumkin Yangiliklar

"Jenoa" haligacha SHomurodovning transferidan "Mashal"ga pul yuborgani yo'q. Ishga FIFA aralashishi mumkin

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov o'tgan yil kuzda "Rostov"dan "Jenoa"ga o'tgandi.

SHomurodov tarbiyalangan "Mashal" klubi ushbu transfer summasidan malum miqdorda pul olishi lozim. Bu FIFA tomonidan belgilab qo'yilgan. Xo'sh, ushbu summa Muborak klubi hisob-raqamiga tushdimi? "Tezkor studiya" ko'rsatuvida shu savol bilan "Mashal" bosh direktori Ilhom Qurbonovga murojaat qilindi:

"Bu bo'yicha "Rostov"ga ham, "Jenoa"ga ham 5-6 marta murojaat qildik. "Jenoa" so'ragan hujjatlaning barchasini taqdim qildik. To'lov bo'lishi kerak edi, ammo hozirgacha to'lov bo'lgani yo'q. "Rostov"ga aloqaga chiqdik, Rossiya klubining aytishicha SHomurodovning transfer summasidan hali bir tiyin ham o'tkazilmagan ekan.

"Rostov" bu borada FIFAga murojaat qilgan. Negadir "Jenoa" bunga sovuqqonlik bilan munosabatda bo'lmoqda desak bo'ladi. Biz ham FIFAga murojaat qilish huquqiga egamiz", - dedi Ilhom Qurbonov "Tezkor studiya" ko'rsatuvida.


Malumot uchun, ushbu klub tarbiyalanuvchilaridan yana biri SHahzod Ubaydullaev yaqinda "Metallurg"dan Belarusning "SHaxtyor" klubiga transfer qilindi. Muborak klubi bu transferdan ham malum summaga ega bo'lishi kerak.





Reklama





Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика