So’nggi yangiliklar

09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  0 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  0 08:08Бугун финал!  5 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  7 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  8 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  24 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  8

JCH-2026 saralash bosqichi. O'zbekiston 90+12 daqiqada o'tkazilgan gol evaziga Qatar maydonida mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

JCH-2026 saralash bosqichi. O'zbekiston 90+12 daqiqada o'tkazilgan gol evaziga Qatar maydonida mag'lubiyatga uchradi

JCH-2026 saralashi doirasidagi Qatar - O'zbekiston uchrashuvi yakunlandi.

Qatar - O'zbekiston 3:2
14 noyabr 2024 yil. Doha, "Jassim bin Hamad" stadioni. 21:15 (Toshkent vaqti)
Hakamlar:
Kim Jong Xyok, Park Kyung Yong, Jang Jong Pil, CHae Sang Xyop (barchasi Koreya Respublikasi)
VAR: Kim Xigon (Koreya Respublikasi)
AVAR: CHoi Xyunjai (Koreya Respublikasi).

Gollar: 1:0 — 26, Almoez Ali, 2:0 — 41, Almoez Ali, 2:1 — 75, Abbos Fayzullaev, 2:2 — 80, Abbos Fayzullaev, 3:2 — 90+12, Lukas Mendes.

Qatar: 22.Meshal Barsham, 4.Muhammad Vaad, 5.Tari Salmon (9.Muhammad Muntari, 87), 7.Ahmad al-Ganehi (6.Abdul Aziz Hatim, 69), 10.Akram Afif, 12.Lukas Mendes, 13.Ibrohim Muhammad (11.Yusuf Abdurisag, 87), 15.Bassam Al Ravi (3.Abdulla Al Yazidi, 78), 16.Bualem Xuxi, 19.Almoez Ali, 20.Ahmed Fati Abdulla.
Zaxira: 1.Saad Al SHib, 21.Marvan SHerif Badreldin, 2.Al Mahdi Ali Muxtor, 8.Jassim Jobir Abdulsalam, 14.Homam Ahmed, 17.Mustafo Tariq Mashal, 18.Sulton Al Brake, 23.Abdulrahmon Fahmi Mustafo.

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Otabek SHukurov (8.Jamshid Iskanderov, 65), 9.Odil Hamrobekov, 13.SHerzod Nasrullaev (8.Farrux Sayfiev, 65), 14.Eldor SHomurodov (10.Jaloliddin Masharipov, 22), 18.Abdulla Abdullaev (17.Bobir Abdixoliqov, 45), 19.Azizbek Turg'unboev (5.Rustam Ashurmatov, 90+1), 22.Abbosbek Fazullaev, 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 4.Farruh Sayfiev, 6.Akmal Mozgovoy, 11.Azizbek Amonov, 15.Umar Eshmurodov, 20.Hojimat Erkinov, 21.Abdurauf Bo'riev.

Ogohlantirishlar: Ahmad Fati (64), Jaloliddin Masharipov (73), Muhammad Vaad (90+2).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi. Mardona o'yin uchun futbolchilarimizga rahmat aytamiz. Ular g'alabaga loyiq edi. Katanec esa ulardagi shiddatni so'ndirib, g'alabani emas, durangni istayotgani uchun pand edi.

90+12. GOL! Qatarning so'nggi hujumi Lukas Mendesning goli bilan yakunlandi. Afsus.

90+3. Raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishga uringan Fayzullaevni Muhammad Vaad ochiqchasiga to'xtatib qoldi. Ammo hakam sariq kartochka bilan cheklandi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. Turg'unboev o'rniga Ashurmatov tushirildi.

88. Zarba! Turg'unboevning urinishiga biroz aniqlik etishmadi.

87. Qatar tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Abbosssssssssssssssssssssssssssssssssssssssssss!!! 2:2!!!

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Abbos Fayzullaev hisobdagi farqni qisqartirdi!

73. Masharipov ogohlantirildi.

69. Qatar tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

66. Xavfli vaziyat! Abdixoliqovning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

65. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

64. Xavfli vaziyat! Fayzullaevning ajoyib xatti-harakatlaridan so'ng Masharipov raqib jarima maydonida to'pni qabul qilib oldi, ammo zarba yo'llashga ulgurmadi. Qaytgan to'pga zarba yo'llashga SHukurov yiqitildi.

63. Qatarlik futbolchining zarbasini Yusupov egallab oldi.

61. Almoez Yusupov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi, baxtimizga u o'yindan taqshari holatda qolib ketgandi.

60. Zarba! Masharipovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Barsham egallab oldi.

57. Xavfli vaziyat! Hamrobekovda qulay vaziyat yuzaga keldi, biroq uning zarbasi yuqorilab ketdi.

54. Vakillarimiz hujumda o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

51. Abdixoliqov maydonga tushganidan beri ikkinchi marotaba jarima zarbasi ishlab berdi. 

48. Standart uzatmasidan so'ng SHukurov oyog'i orqa tarafi bilan zarba yo'lladi, biroz noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. O'zbekiston terma jamoasi safida hujumchi, qaytaraman, hujumchi Bobir Abdixoliqov maydonga tushirildi. U Abdullaevni almashtirdi.

Taym yakunlandi.

45+7. Mezbonlarda yana bir hujum, aniqrog'i, xavfli hujum tashkil etildi. Baxtimizga so'nggi uzatmaga qatarlik futbolchi etib kela olmadi.

45+6. Qatarliklar hujumda to'rttaga ikkita qolishdi. Himoyachimiz so'nggi lahzada ishonchli harakat qildi.

45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

45. Xavfli vaziyat! Turg'unboevning o'tkir burchak tomon yo'llagan zarbasini Barsham qiyinchilik bilan qaytardi.

41. GOL! Standart vaziyatdagi uzatmadan so'ng Almoez Ali jarima maydoniga yorib kirib, va to'pga oyog'ini qo'ydi va darvozani ishg'ol qildi. Qatar hujumchisi dublni rasmiylashtirdi. 

38. Al Ganehi raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishga harakat qildi, biroq  Husanov uning zaba yo'llashiga xalaqit qildi.

35. Xavfli vaziyat! Fayzullaev raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, zarba yo'lladi, Barsham to'pni qaytardi.

29. Alijonovning uzatgan to'pni Barsham egallab oldi.

26. GOL. Almoez Ali hisobni ochdi. Hujumchi raqib jarima maydoni bo'sh qoldirildi va raqib posboni bilan birga-bir vaziyatdan unumli foydalandi. 

23. Endi Otabek SHukurov ham tibbiy yordamga muhtoj. Maydon markazida to'p uchun kurashda yarim himoyachimiz raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketib, tizzasini qayirib oldi. SHukurovga salomatlik tilaymiz. Hech bo'lmasa, uning maydonga qaytishini istab qolamiz.

20. SHomurodovning jarohati jiddiyroq bo'lib chiqdi. Hujumchi almashtiriladi. Uning o'rniga Masharipov maydonga tushiriladi.

18. SHomurodov maydonga qaytdi! Uning jarohati qaytamassligi uchun duo qilamiz.

13. SHomurodov jarohat olgan ko'rinardi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Asosiy hujumchimiz o'yinni davom ettirishiga tilakdoshmiz.

Hakam o'yinni davom ettirishga qaror qildi. Xayriyat.

VAR ehtimoliy penaltini ko'rib chiqmoqda. To'p Nasrullaevning qo'liga tegibdi. Biroq zarba berilganda himoyachimiz yaqin masofada joylashgandi.

8. Xavfli vaziyat! Yusupov qiyin vaziyatda kutilmaganda rekoshet orqali kelgan to'pni bir qo'li bilan qaytardi.

7. Xavfli vaziyat! Hamyurtlarimiz ajoyib kombinaciya tashkil etdi, biroq yakunda Barsham to'pni egallab oldi.

5. SHomurodov raqib jarima maydoniga yorib kirdi va burchak zarbasi ishlab oldi.

3. Almoez chap qanotdan oldinga qochishga urinib ko'rdi, Aliqulov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

2. Xavfli vaziyat! Alijonov markazdan oldinga bordi va raqib darvozasining pastki burchagini nishonga oldi, biroq uning urinishiga omad etishmadi.

1. O'yin boshlandi. Hamyurtlarimizga g'alaba tilab qolamiz!


Qatar-O'zbekiston uchrashuvi boshlanishi avvalida "Sport" telekanali salkam 10 daqiqadan ko'p vaqt davomida reklamalar namoyish etishi oqibatida davlat madhiyamiz yangragani jonli efirda namoyish etilmadi. Qo'limizni ko'ksimizga qo'yib, reklama tomosha qildik.

Reyting: -58   

Fikrlar

   
03 avg 19:04:19
Fayzullo Turgunov
Сречко Катанец foydalanuvchining fikriga javob berish
Сенчи узинг футбол уйнаганмисан. Бир тийинга киммат бу уйини болаларни. 100 миллион 200 миллион ойлик олади шулар агар бизга шунча пул берса булардан яхши уйнаймиз
Ha ha ha,sen yahshi óynesanmi sen yongogini óyna sengamas top tepish men ózim shu fudboldi ichida yurgan insonman sen oldin top nima ekanini bilib ol
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика