So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  4 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  52 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

JCH-2022. Qatardagi mundialdan betakror suratlar Yangiliklar

JCH-2022. Qatardagi mundialdan betakror suratlar

Joriy yilgi jahon chempionatida yuzlab fotosuratchilar mehnat qilishdi.

Ushbu turnirda esda qolarli bo'lgan 22 fotosuratni sizlar bilan baham ko'ramiz.

Foto:  Dan Mullan

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer "Xalifa" stadionida yaponiyalik himoyachi Maya Yoshida bilan to'p uchun kurashmoqda.

Foto: Lars Baron

Xorvatiyalik Luka Modrich "Al Bayt" stadionida Marokashga qarshi o'yinda ishtirok etmoqda.

Foto: Lars Baron

Xorvatiyalik Marselo Brozovich Marokashga qarshi o'yinda raqib jarima zarbasini chog'ida quyi bo'shliqni to'ldirish uchun erda yotibdi.

Foto: Maykl Stil

Risharlison Braziliya tarkibida Serbiya darvozasini ishg'ol qilmoqda.

Foto: Dan Mullan

Argentinalik Enco Fernandes "Lusayl" stadionida Meksika darvozasiga to'p kiritdi.

Foto: Devid Ramos

Gana futbolchilari Janubiy Koreyaga qarshi o'yin oldidan maydonni ko'zdan kechirishga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Foto: Matias Hangst

"974" stadionda bo'lib o'tgan "C" guruhi o'yinida argentinalik Lionel Messiga polshalik Voycex SHesni tomonidan qo'pollik ishlatildi, bu esa hakamning VAR orqali kuzatuvidan so'ng penalti belgilanishiga olib keldi.

Foto: SHon Botterill

Kosta-Rikaga qarshi "Al Bayt" stadionida bo'lib o'tgan o'yinda Germaniya terma jamoasining zaxira o'rindig'ida o'tirgan futbolchilari guruh bosqichida qolib ketganidan keyin tushkunlikka tushishmoqda.

Foto: Fransua Nel

"974" stadionda shveycariyalik Granit Jaka va serbiyalik Nikola Milenkovich o'rtasidagi to'qnashuv.

Foto: Mayya Hitij

"Ahmad Bin Ali" stadionida Argentinaning Avstraliyaga qarshi 1/8 final o'yini oldidan bolalar futbolchilar bilan maydonga chiqishga tayyorgarlik jarayonida Messi bilan suhbatlashmoqda.

Foto: Tolibjon Qosimov

Lionel Messi Avstraliyaga qarshi bahsda bir nechta raqibini aldab o'tmoqda. 

Foto: Lourens Griffits

Franciya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe “Al Tumama” stadionida bo'lib o'tgan 1/8 final uchrashuvida polshalik o'ng qanot himoyachisi Metti Kesh bilan to'pga egalik qilish uchun kurash olib bormoqda.

Foto: Fransua Nel

Braziliya futbolchilari Janubiy Koreya ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda Neymarning golini nishonlashmoqda.

Foto: Aleks Grimm

Marokash futbolchilari "Education City Stadium"da Ispaniyaga qarshi 1/8 finalida penaltilar seriyasida qozonilgan g'alabani nishonlamoqda.

Foto: Patrik Smit

Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines "Lusail" stadionida Niderlandiya futbolchisi Van Deykning penaltidan yo'llagan zarbasini qaytarmoqda.

Foto: SHon Botterill

Argentina futbolchilari yarim finalga chiqish yo'lida Niderlandiyaga qarshi o'yindagi g'alabani nishonlamoqda.

Foto: Patrik Smit

Portugaliyalik Krishtianu Ronalduning JCH-2022 chorak finalida Marokashdan uchralgan mag'lubiyatdan (1:0) keyingi holati.

Foto: Aleksandr Hassenshteyn

Marokashlik Sofian Bufal jamoasi bilan Portugaliyani mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgach, g'alabani onasi bilan nishonlamoqda.

Foto: Richard Hitkot

Harri Keyn "Al Bayt" stadionida Franciyaga qarshi kechgan chorak final bahsi davomida penaltini ko'kka sovurdi.

Foto: Dan Mullan

Argentina hujumchisi Xulian Alvares "Lusail" stadionida Xorvatiyaga qarshi yarim finalda gol urmoqda.

Foto: Maykl Rigan

Franciya hujumchisi Kilian Mbappe Marokash ustdan qozonilgan g'alabani nishonlamoqda, suratda PSJdagi sherigi Ashraf Hakimi bilan libos alishtirgandan keyingi holati.

Foto: Matias Hangst

Argentinalik Lionel Messi Jahon chempionati finalida Franciyaga qarshi g'alabadan so'ng kubok taqdimotida sahnaga chiqmoqda.

Foto: Devid Ramos

Lionel Messi "Lusayl" stadionida jahon chempionligini kubok bilan birgalikda tantana qilmoqda.


Suratlar Getty Images saytidan olindi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика