JCH-2022. "Feyr-pley" sovriniga qaysi terma ega chiqdi? "Kumush to'p" kimga nasib qildi? (barcha g'olib va sovrindorlar)
20 dek 2022 13:10
Yangiliklar
JCH-2022. "Feyr-pley" sovriniga qaysi terma ega chiqdi? "Kumush to'p" kimga nasib qildi? (barcha g'olib va sovrindorlar)
Angliya terma jamoasi "feyr-pley" sovrinini qo'lga kiritdi. Jamoa 5 o'yinda faqat 1 ta sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
"Oltin butsa"ga Franciya hujumchisi Kilian Mbappe (8 ta gol, 2 ta uzatma), "Kumush butsa"ga Argentina sardori Lionel Messi (7 ta gol, 3 ta uzatma), "Bronza butsa"ga Franciya forvardi Olive Jiru (4 ta gol) ega chiqdi.
"Oltin qo'lqop"ni Argentina termasi posboni Emiliano Martines yutdi. "Aston Villa" darvozaboni o'yindan keyingi penaltilar seriyasida Niderlandiya bilan bahsdagi singari 2 ta zarbani qaytarishga erishdi.
Musobaqa "Oltin to'p"i Lionel Messiga berildi, "Kumush to'p" Kilian Mbappe, "Bronza to'p" esa Luka Modrichga tegdi.
"Eng yaxshi yosh futbolchi" sovrini Enco Fernandesga nasib etdi. 21 yoshli Fernandes JCH doirasidagi 7 ta o'yinda 1 ta gol urdi hamda 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar