JCH-2018. Rossiya chorak finalda, Ispaniya uyiga ketadi
01 iyu 2018 21:45
Yangiliklar
JCH-2018. Rossiya chorak finalda, Ispaniya uyiga ketadi
Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.
Spain Sergei Ignashevich - 12', Andres Iniesta - 121', Gerard Pique - 121', Sergio Ramos - 121' |
World Cup 1/8 Finals . 1/8-tur 01/07/2018, 19:00 5
:
4
Tugadi
|
Russia Artem Dzyuba - 41', Fedor Smolov - 121', Sergei Ignashevich - 121', Aleksandr Golovin - 121', Denis Cheryshev - 121' |
Stadion: Luzhniki, 78011 tomoshabin
Bosh hakam: Bjorn Kuipers
ISPANIYA - ROSSIYA 1:1 (3:4 penaltilar seriyasi)
Gollar: Sergey Ignashevich 12 avtogol, - 1:0. Artyom Dzyuba 41 penalti, - 1:1.
Ispaniya: 1. David De Xea, 4. Nacho (2.Dani Karvaxal, 70), 3. Jerar Pike, 15. Serxio Ramos, 18. Jordi Alba, 8. Koke, 5. Serxio Buskets, 21. David Silva (6.Andres Inesta, 67), 22. Isko, 20. Marko Asensio (9.Rodrigo, 104), 19. Diego Kosta (17.Yago Aspas, 80).
Rossiya: 1. Igor Akinfeev, 2. Mario Fernandes, 4. Sergey Ignashevich, 3. Ilya Kutepov, 13. Fyodor Kudryashov, 18. Yuriy Jirkov (14.Vladimir Granat, 46), 11. Roman Zobnin, 7. Daler Kuzyaev (21.Aleksandr Eroxin, 97), 17. Aleksandr Golovin, 19. Aleksandr Samedov (6.Denis CHerishev, 61), 22. Artyom Dzyuba (10.Fyodor Smolov, 65).
Ogohlantirishlar: Jerar Pike 40, Ilya Kutepov 54, Roman Zobnin 71,
Yago Aspas - gol emas Akinfeev oyog'i bilan to'pni qaytardi 3:4! ROSSIYA CHORAK FINALDA!!!
Denis CHerishev GOL 3:4
Serxio Ramos - GOL 3:3
Aleksandr Golovin - GOL 2:3
Koke - gol emas Akinfeev qaytardi 2:2
Sergey Ignashevich - GOL 2:2
Jerar Pike - GOL 2:1
Fyodor Smolov - GOL 1:1
Andres Inesta - GOL 1:0
Penaltilar seriyasi boshlandi
120. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! RODRIGOOOOOOOOOOO! Akinfeev o'z o'rnida. Penaltiga tayyormisiz?
114. Xavfli vaziyat! Ispanlar jarima to'pini amalga oshirishdi, Ignashevich Pikeni ushlab qolgandek ko'rindi, hakam penalti yo'q dedi, VAR ham yo'q dedi
109. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Rodrigo jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, Akinfeev yana to'pni qaytardi!
105+1. Ispanlar jarima to'piga ega bo'lishdi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni Pike boshi bilan darvozaga yo'lladi, Akinfeev o'z o'rnida
104. O'zgarish. Ispaniya. Asensio o'rniga Rodrigo tushdi
102. Aspas rossiyalik himoyachilarga tinchlik bermayapti, Ignashevich hozir uni qarshi oldi va to'pni qaytardi
100. ZARBAAAAAAAAA! ASENSIOOOO! AKINFEEV! Asensioning kuchli zarbasini Igor ushlab oldi
97. Tarixiy O'zgarish. Rossiya. Kuzyaev o'rniga Aleksandr Eroxin tushdi. FIFA Jahon chempionatida agar qo'shimcha taymlar bo'lsa 4-o'zgarishga ruxsat bergan. Bugun tarixiy o'zgarish sodir bo'ldi
96. ZARBA! KOKEning zarbasi noaniq chiqdi
95. Ispaniya xuddi dastlabki ikki taymda bo'lgani kabi pas-pas-pas bilan o'ynamoqda
92. Xavfli vaziyat! Yago Aspasning zarbasi darvozaga etib bormadi!
91. Birinchi qo'shimcha taym boshlandi
Asosiy vaqt statistikasi
90+4. Asosiy vaqt tugadi. 1:1. Endi 30 daqiqa ikkita qo'shimcha taymlar ko'ramiz
90+2. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! SMOLOOOOOOOOOOOV! Sal qolishga sal qoldi!
90. Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shildi
88. Ispanlar ketma-ket 3 marta burchak to'pini amalga oshirishdi, foyda bo'lmadi
84. ZARBAAAAAAAAAAAAA! INESTAAAAAAAAAA! AKINFEEEEEEEEEEEEEEV! Ajoyib zarba va ajoyib seyv!
80. O'zgarish. Ispaniya. Diego Kosta o'rniga Yago Aspas tushdi
79. Asosiy vaqt tugashiga 10 daqiqacha vaqt qolmoqda, qo'shima taymlar ko'ramizmi?
74. Ispanlar burchak to'pini tepishdi, Diego Kosta zarba bera olmadi
73. Ispaniya hamon pas berish bilan ovora, ammo hisob 1:1
71. Ogohlantirish. Rossiya. Zobnin
70. O'zgarish. Ispaniya. Nacho o'rniga Karvaxal tushdi
67. O'zgarish. Ispaniya. David Silva o'rniga Inesta tushdi
65. O'zgarish. Rossiya. Dzyuba o'rniga Smolov tushdi
61. O'zgarish. Rossiya. Samedov o'rniga CHerishev tushdi
60. Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadionga 78,011 tomoshabin keldi
54. Ogohlantirish. Rossiya. Ilya Kutepov
51. Hakam Pikega sariq kartochka ko'rsatgan vaziyat. Orqa fonga etibor qiling
48. ZARBAAAAAAAAAA! Albaning g'alati zarbasini Akinfeev egallab oldi!
46. Ikkinchi taym boshlandi.
46. O'zgarish. Rossiya. Jirkov o'rniga Granat tushdi
45+2. Birinchi taym tugadi. Hozircha 1:1.
44. Ispaniya sal qolsa gol urishi mumkin edi, Akinfeev to'pni ushlab oldi
41. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ARTYOYOYOYOYOYOYOM DZYUYUYUYUYUYUYUYUBAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! 1:1 GOLNI KO'RISH
40. Ogohlantirish. Ispaniya. Pike
40. PENALTI! ISPANIYA davrozasiga! Pike to'pni jarima maydoni ichida qo'li bilan o'ynagani uchun
Uchrashuv davomida o'yinning qaynoq rasmlarini ham saytimizda kuzatib borish mumkin: JCH-2018. Ispaniya - Rossiya. LIVE FOTOGALEREYA
36. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! GOLOVIIIIIIIIIIN! Rossiyaning chinakamiga birinchi xavfli hujumi, Dzyuba havodagi kurashda g'olib chiqdi, natijada Golovinda zarba berish uchun imkoniyat paydo bo'ldi, uning zarbasi noaniq chiqdi!
32. Ispaniya hozircha Rossiyaga hech qanday imkoniyat qoldirayotgani yo'q.
Qiziq fakt! Rossiya 1966 yildan buyon bitta Jahon chempionatida ikkita avtogol qayd etgan birinchi jamoa. 1966 yilda Bolgariya shunday natija qayd etgandi
30. Ispaniya bugun to'liq tashabbusga ega bo'lmoqda: To'p uzatishlar bo'yicha natija quyidagicha: 231-58
27. O'yin tempi u qadar yuqori emas.
FAKT! Sergey Ignashevich Jahon chempionatlari tarixida avtogol muallifi bo'lgan eng yoshi katta futbolchi bo'ldi. (38 yosh va 352 kun)
22. Rossiyada jarima to'pi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarib yuborishdi
20. To'pni nazorat qilish bo'yicha ispanlar katta ustunlikka ega: 75:25
17. Goldan keyin ham tashabbus Ispaniya tomonidan. Hozircha Rossiyada faqat muxlislar yaxshi "o'ynashmoqda", futbolchilari esa...
13. ZARBA! Zobnin tomonidan berilgan zarba noaniq chiqdi
12. Asensio jarima to'pini amalga oshirdi, Serxio Ramos Ignashevich bilan to'p uchun kurashdi, natijada to'p rossiyalik himoyachining oyog'iga tegib darvozaga borib tushdi, Rossiya uchun juda va juda yomon start
12.GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0. Ignashevich avtogol muallifi bo'ldi GOLNI KO'RISH
10. UXXXXXX! Yuriy Jirkov hozir Nachoga nisbatan juda keskin o'ynadi. Ispaniyalik futbolchining tizzasiga zarba berildi, unga shifokorlar yordam berishdi
6. To'p nazorati ko'proq ispanlarda, Yerro shogirdlari qanday qilib gol urish yo'llarini izlashmoqda. Rossiya esa qarshi hujumga tayanmoqda
4. Golovin o'ng qanotdan oldinga o'tdi, Pike uni qarshi oldi. Burchak to'pi foyda keltirgani yo'q
3. Dastlabki daqiqalarda tomonlar bir birlarini o'rganishmoqda.
1.O'YIN BOSHLANDI!
- Moskvadagi "Lujniki" stadioni muxlislar bilan to'lib toshgan, bunga shubha yo'q. Ular orasida mana shunday go'zallar ham ko'plab topiladi.
- Navbat Rossiya davlat madhiyasiga, butun stadion kuylamoqda
- Ispaniya davlat madhiyasi yangradi
- Ikkala jamoa maydonga tushib kelishdi.
- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.
Fikrlar