Javlon Salohitdinov: "Bugun bitta gol o'yin taqdirini hal qilardi"
05 noy 2021 19:50
Yangiliklar
Javlon Salohitdinov: "Bugun bitta gol o'yin taqdirini hal qilardi"
O'yin haqida
- Biz penaltidan foydalana olmadik, raqib esa gol urdi. Bugun bitta gol o'yin taqdirini hal qilardi, o'sha golni "Lokomotiv" urdi.
- Nega Ulug'bek Baqoev bugun zaxira o'rindig'ida o'tirmadi?
- Kecha PFL bizga xat yubordi va kubok chorak finalidagi "Nasaf" bilan o'yindagi vaziyat tufayli Baqoev 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilingani malum bo'ldi.
- Bugungi mag'lubiyatdan keyin jamoaning 2-o'rinni olish uchun imkoniyatlari keskin tushib ketdi. Oldinda AGMK va "Nasaf" bilan o'yinlar kutmoqda...
- Imkoniyatimiz keskin tushib ketdi demagan bo'lardim. "Nasaf"da ham qiyin o'yinlar bor, "Surxon" bilan oson bo'lmaydi. Oldindagi 2ta bahsda yutsak, 2-o'rin uchun imkoniyatimiz bo'ladi. AGMK ham ochko olishiga hech kim kafolat bermaydi, kecha "Andijon" bilan o'yinda ko'rdinglar qanday qiynalishganini.
- Jasur Hasanov haqida nima deya olasiz. Oxirgi o'yinlarda u faqat bir taym o'ynamoqda. Bu uning jismoniy holati bilan bog'liqmi?
- Uning yoshiga qarang - 38 yosh, lekin uncha-muncha himoyachidan tez yuguradi. Murabbiylar uni nega bir taym o'ynatishganini bilmayman, ularning ishiga aralashmayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar