So’nggi yangiliklar

01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  0 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  7 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  10

Jasur Yaxshiboev: "Eron bilan o'yinda muxlislarning kiritilishi bizga qo'shimcha dalda bo'ladi" Yangiliklar

Jasur Yaxshiboev: "Eron bilan o'yinda muxlislarning kiritilishi bizga qo'shimcha dalda bo'ladi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev O'FA matbuot xizmatiga bo'lajak o'yinlar va terma jamoadan taklif hususida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Terma jamoa har bir futbolchining yoshligidan orzu qilgan niyati hisoblanadi. Har kim ham milliy terma jamoadan taklif olmaydi. Uning ortida 30 million xalq turadi. Milliy terma jamoa bu sizning g'ururingiz va yuzingiz bo'ladi. Har tomonlama munosib bo'lish kerak.

Aleksandr Geynrixda hech kim kutmaydigan harakatlar ko'p bo'lardi. Uning o'yinlar menga yoqardi.

Belorus chempionatida o'zbekistonlik futbolchilar ko'payib bormoqda. Ular o'zlarini ko'rsatsa bu boshqa futbolchilarda ham imkoniyat ko'payishiga sabab bo'ladi. "SHaxtyor Soligorsk"da murabbiy ketayotganda umuman har bir proffessional murabbiy jamoadan ketayotgan hamma bilan xayrlashadi, omad tilaydi. Bu murabbiy ham shunday dedi, o'zimni ehtiyot qilishimni takidladi.

Eron terma jamoasi kuchli. To'g'ri, hozirda pandemiya sabab ularda chempionat to'xtatildi. Ko'p o'yinlar qoldirilgani sabab raqibning jismoniy tayyorgarligi past deb o'ylayman. Lekin, baribir kuchli terma jamoa bo'lib qoladi. Bu o'yinga o'zimizni yuz foiz tayyorlashimiz kerak. Futbol muxlislar bilan, ularsiz futbol o'z jozibasini yo'qotadi. O'rtoqlik uchrashuvimi yoki rasmiy o'yinmi muxlislarsiz qiziq tuyulmaydi. Eron bilan o'yinda muxlislarning kiritilishi bizga qo'shimcha dalda bo'ladi",- deydi Jasur Yaxshiboev O'FA matbuot xizmatiga.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика