So’nggi yangiliklar

21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  179 21:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  11 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  14 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  4 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  0 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  0 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  6 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0

Jasur Yaxshiboev: "AGMKdagi o'yinlarim orqali milliy jamoadan chaqiruv olishni maqsad qilganman" Yangiliklar

Jasur Yaxshiboev: "AGMKdagi o'yinlarim orqali milliy jamoadan chaqiruv olishni maqsad qilganman"

"Paxtakor"dan yil oxiriga qadar ijaraga olingan Jasur Yaxshiboev AGMKdagi ilk kunlaridan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— "Paxtakor"dan ketish yoki ketmaslik haqida uzoq o'yladim. Bu oson bo'lgani yo'q. Lekin u erda o'yin amaliyotisiz qolgandan ko'ra o'ynashni afzal bildim. Ochig'i, muzokaralar davomida AGMKga o'tish borasida bir to'xtamga kelish qiyin kechdi. Biroq bosh murabbiy Mirjalol Qosimov bilan bo'lib o'tgan suhbatdan keyin AGMKga o'tish qaroriga kelish oson bo'ldi. Murabbiyning ishonchi meni yanada ruhlantirdi. "Paxtakor"da jarohatdan so'ng asosiy tarkibga kirish imkoniyatim ancha pasayib ketgandi. O'zim uchun ham AGMK chorlovi qiziqarli va muhim bo'ldi. Buyog'iga yana maydonga tushib, o'z kuchimni ko'rsatishim va nimalarga qodirligimni isbotlashim zarur. Yangi jamoaga moslashish jarayoni kun sayin osonlashmoqda. Albatta, tezda yangi kollektivga kirishib ketishning imkoni yo'q. Lekin ko'rinib turibdi, jamoa ahil. O'ylaymanki, tez fursatda yangi jamoaga moslashib, AGMK uchun jon kuydirib o'ynayman. Menga imkoniyat taqdim etgani uchun klubga, ishonch uchun Mirjalol Qosimovga tashakkur bildiraman. AGMK libosida jamoaga foyda keltirish uchun kuchimni ayamayman. Bu transfer har ikkala taraf uchun manfaatli bo'lishi uchun harakat qilaman. AGMKdagi o'yinlarim orqali MTJ murabbiylar shtabi etiboriga tushishni va o'zimning optimal formamni tiklashni maqsad qilganman. Qisqa fursatda olmaliqlik muxlislar etibori va etirofiga loyiq bo'lishga harakat qilaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика