So’nggi yangiliklar

01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  0 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарий бошқача кечиши мумкин эди"  0 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  0 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 00:00Ла Лига. "Реал Мадрид" – "Осасуна" (онлайн ҳисоб)  22 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2 22:25"Наполи" "Жирона"дан 20 млнлик трансферни амалга оширди  0 21:45"Марсель" жанжалкашларни расман бадарға қилмоқда. Рабьога таклифлар бор  1 21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  9 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  9 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  3 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  3

Jasur Azimov: "Nasaf"ga urgan golim faoliyatimdagi eng chiroylisi" Yangiliklar

Jasur Azimov: "Nasaf"ga urgan golim faoliyatimdagi eng chiroylisi"

Teglar :  Jasur AzimovDinamo
Dinamo - Nasaf (1:1) uchrashuvida Samarqand jamoasi goliga mualliflik qilgan Jasur Azimov shu kuni maydonda eng faol to'p surgan futbolchilardan biri bo'ldi.

O'yindan keyin futbolchining uchrashuv borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Jasur, avvalo Nasaf bilan kechgan uchrashuv borasida to'xtalsangiz. O'yin va natijadan qoniqdingizmi?

- Nasaf bilan o'yin og'ir o'tishini bilardik. Bahs oldidan murabbiylarimiz himoyaviy o'yin namoyish etib, qarshi hujumlarda to'p surishimizni uqtirishgandi. Nasaf asosan Akmal SHorahmedov orqali aynan men to'p surgan qanotdan ko'proq hujum qilishi malum edi, shu bois men ham imkonqadar hujumga qo'shilishim kerak edi. Gol bo'lgan vaziyatni mashg'ulotlarda ko'p mashq qilardik. Bu safar o'yinda ushbu kombinaciyani sinab ko'rib, gol urishga erishdim. O'yinimdan to'liq qoniqdim deya olmayman. SHu kuni g'alabani ushlab qolishimiz kerak edi, ammo omadimiz kelmadi.


- Nasaf darvozasiga kiritgan golingiz Oliy Ligadagi dastlabkisi…
- Xuddi shunday, Oliy Ligadagi birinchi golimni urdim. Bu men uchun eng chiroyli golim bo'ldi. Yanada ishlab, bundan keyin ham muxlislarimizni quvontirishga intilaman.

- Sizni oldin tayanch yarimhimoyachisi sifatida bilardik. Hozir esa chap qanotda to'p surayapsiz. O'zingizga qolsa, qaysi chiziqda to'p surishni istardingiz?

- Ochig'ini aytsam, oldingi yillar tayanch yarimhimoyasida to'p surganligim sababli o'zimga chap qanot himoyasidan ko'ra, yarimhimoyada to'p surish yoqadi. Hozirgi ampluam ham yomon emas, murabbiylar qaerda foydam ko'proq tegishini aytishsa, o'sha erda to'p suraman. Birinchi navbatda jamoa manfaati.

- Oldinda Dinamoni Obod bilan o'yin kutib turibdi…

- Toshkentdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. So'nggi to'rt o'yinda g'alabaga yaqin kelgan bo'lsakda, qo'lga kirita olmadik. SHunga qaramay, muxlislarimiz har qanday vaziyatda jamoamizni qo'llab-quvvatlashda davom etishmoqda. Obod ham ancha yaxshi jamoa, ularga qarshi shiddatli o'yin bo'lishiga ishonchim komil. Bu bahsda bizni faqat g'alaba qanoatlantiradi.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика