So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:0 (матнли трансляция)  4 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  10 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Jasur Abduraimov: “Barcha raqibga birdek munosabatdamiz” Yangiliklar

Jasur Abduraimov: “Barcha raqibga birdek munosabatdamiz”

O'zbekison U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Butanga qarshi kechadigan saralashning 1-tur o'yini oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida o'z shogirdlaridan turnirda yaxshi natija kutayotganini takidladi.

“Musobaqaga bir maqsad – Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun tashrif buyurdik”, - deydi Abduraimov. “Guruhdagi barcha raqiblarimizni xurmat qilamiz va barchasiga birdek munosabatdamiz. O'yindan-o'yinga o'z o'yinimizni kuchaytirib borishni va guruhda g'olib bo'lishni maqsad qilgamiz”, - deydi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

“Turnir boshlanmasidan oldin qaysidir jamoani favorit, qaysidir jamoani bizga asosiy raqib bo'ladi deyish noto'g'ri. Barcha raqibga qarshi bir xil munosabatda bo'lamiz va barcha o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz”.

“Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik deb o'ylayman. Jamoamiz juda yosh va endi tashkil etildi, ammo musobaqaga tayyorgarlik jarayonida biz yaxshi jamoa tuza oldik. So'nggi ikki oy davomida bir qator turnirlarda ishtirok etdik va bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdik. Ammo, o'rtoqlik uchrashuvlari bilan rasmiy o'yinlar o'rtasida farq bor. Tayyorgarligimiz o'z samarasini berishiga ishonaman”, - deydi Abduraimov.

Matbuot anjumanida ishtirok etgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi sardori Islom Qobilov ham turnirda terma jamoa yaxshi natija ko'rsatishiga ishonishini aytib o'tdi.

“Turnirga tayyograrchilik alo darajada kechdi. Yaxshi tayyorgarlik va mehnat evaziga g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Murabbiy fikrlariga qo'shilaman. Maqsadimiz o'yindan o'yinga o'z o'yinimizni kuchaytirish va Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish”, - dedi Qobilov.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionati saralash "A" guruhi 1-turi doirasida 2 oktyabr kuni Butan yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика