Jarohat olgan Alibek Davronov va Islom Kenjaboev qachon maydonga qaytadi? Ro'ziqul Berdiev javob berdi
10 noy 2024 11:00
Yangiliklar
Jarohat olgan Alibek Davronov va Islom Kenjaboev qachon maydonga qaytadi? Ro'ziqul Berdiev javob berdi
"Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev jarohat olgan futbolchilar haqida gapirdi.
"Alibek Davronov muhim futbolchilarimizdan biri, uning jarohat olishi nafaqat "Nasaf", balki O'zbekiston olimpiya terma jamoasi uchun ham katta yo'qotish bo'ldi. Alibek yanvar oyi oxirlarida umumiy guruhga qaytadi va yangi mavsum boshida maydonga tushishga tayyor bo'ladi.

Islom Kenjaboev jarohatini davolash uchun biroz ko'proq vaqt kerak menimcha. Taxminlarga ko'ra, Islom mavsum avvalini o'tkazib yuboradi.

Jarohat olganlarga tezroq sog'ayib maydonga qaytishlarini tilayman", - dedi Ro'ziqul Berdiev championat.asia saytiga.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar