So’nggi yangiliklar

22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  3 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  3 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  5 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  1 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   6 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  9 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  3 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  8 17:02Парти фаолиятини Ла Лигада давом эттиради  2 16:34Деле Алли фаолиятини якунлагани йўқ  2 16:05Магуайр "Манчестер Юнайтед" сардорлар кенгашида  0

Jarimalar: bizda va OCHLda Yangiliklar

Jarimalar: bizda va OCHLda

Superliganing o'tgan turida bo'lib o'tgan "Buxoro" - "Paxtakor" bahsidan so'ng O'FA Tartib-intizom qo'mitasi "Buxoro" futbol klubini 300 million so'm miqdorida jarimaga tortdi.

Albatta, 300 million so'm kichkina pul emas: dollarga chaqqanda 37,500 AQSH dollari bo'lyapti. Katta pul, to'g'rimi? Nega jarima solindi? PFL saytida yozilishicha, o'yin paytida buxorolik muxlislar uchrashuv hakami, shuningdek "Paxtakor" futbolchilarini haqoratli so'zlar bilan ommaviy ravishda erga urishgan. Natijada Tartib-intizom qo'mitasi mazkur vaziyatni o'rganib chiqqan holda "Buxoro" klubiga nisbatan jarima solishni maqul topdi. 

Muxlislar tomonidan tartibsizlik aytaylik, hakamni so'kish, maydonga turli narsalar uloqtirish nafaqat bizda, balki Osiyo chempionlar ligasida ham ro'y berib turadi. OFK ham bunday tartibsizlikni etiborsiz qoldirmaydi va aybdorlarni jazoga tortadi. Lekin 37 ming dollar miqdorida bo'lmasa kerak. CHunki OFK avval vaziyatni obdon o'rganib chiqadi va shundan so'ng qaror qabul qiladi. 

Gapimiz quruq bo'lib qolmasligi uchun faktlarni keltiramiz. 30 mart kuni OFK rasmiy sayti Osiyo chempionlar ligasi va OFK Kubogi o'yinlarida yuz bergan bazi qoidabuzarliklar borasida Tartib-intizom qo'mitasining qarorlarini malum qildi. (Biz buni saytimizda ham chop etganmiz). Quyida yana bir bor OCHL o'yinlarida kuzatilgan aynan muxlislar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sabab klublar qancha miqdorda jarimaga tortilganini keltirib o'tamiz. 

Musobaqa: Osiyo chempionlar ligasi
Jazoga tortildi: "Tianjin Kuanjian" (Xitoy)
Qancha miqdorda: 1,500 AQSH dollari
Nima sababdan: O'yin paytida muxlislar maydonga har xil lenta va boshqa narsalarni otgani uchun 

Musobaqa: Osiyo chempionlar ligasi
Jazoga tortildi: "SHanxay SHenxua" (Xitoy)
Qancha miqdorda: 5,000 AQSH dollari
Nima sababdan: O'yindan oldingi chigalyozdi mashg'ulot paytida muxlislar maydonga baklajka otgani uchun 

Musobaqa: Osiyo chempionlar ligasi
Jazoga tortildi: "Al Ahli" (S.Arabistoni)
Qancha miqdorda: 6,000 AQSH dollari
Nima sababdan: O'yin paytida muxlislar maydonga ikki marta turli xil narsalar otgani uchun 

Musobaqa: Osiyo chempionlar ligasi
Jazoga tortildi: "Al Hilol" (S.Arabistoni)
Qancha miqdorda: 3,000 AQSH dollari
Nima sababdan: Muxlislar o'yin oxirida maydonga baklajka otgani uchun 

Ko'ryapsizmi, fevral-mart oylarida bo'lib o'tgan OCHL o'yinlarida to'rtta klub aynan muxlislarning qilig'i sabab jarimaga tortilgan. Eng ko'p jarima Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubiga tegishli: 6,000 AQSH dollari. Eng kami Xitoy klubi "Tianjin Kuanjian"ga 1,500 dollar miqdorida qo'llanilgan. Hamma jarimalarni qo'shib chiqsak, 15,500 AQSH dollari bo'lyapti. Bizda esa birgina "Buxoro"ga solingan jarima puli 37,500 dollar, yani 300 million so'm. 

Eng qizig'i shuki, OFK OCHLda o'ynaydigan klublar safarga borganda, shuningdek har bir g'alabasi uchun malum miqdorda pul berib keladi. SHu bois ham bunday jarimalar ko'p klublarga og'irlik qilmaydi. OCHLda o'ynaydigan klub uchun 6,000 dollar hech narsa emas deylik, lekin Superligada o'ynaydigan VILOYAT jamoasi uchun 37 ming dollar katta pul bo'lsa kerak.

Odamlar oilamni boqay deb qancha mehnat qilayotganini unutmaylik. To'g'ri, PFL o'z reglamentida jarimalarni 500 million so'mgacha deb yozib qo'ygan. Lekin bu miyaga nima kelsa shuni yozaman bo'lmasligi kerak. Qolaversa, futbol klublari - pul ishlab chiqaradigan fabrika emas, ularning ishi futbol faoliyati bilan shug'ullanish. 

Biz PFLning qattiqqo'lligiga qarshi emasmiz. Tribunada o'zini tuta olmaydigan muxlislarga nisbatan albatta jazo bo'lishi kerak. Ammo hadeb klublarni siquvga olgan bilan ish bitmaydi. Nima qilsa o'yin payti muxlislarni tartibga chaqirsa bo'ladi? PFL klub kerak bo'lsa muxlislar bilan ham ishlasin deyapti. Buyam yaxshi fikr, lekin qanday ishlash kerakligini ko'rsatish uchun PFL klublarga tushuntirish ishlarini olib borsa yoki tashkilot xodimlari o'yin kuni stadionga borib o'zlari ko'rsatib bersa yaxshi bo'lardi. 

X.Xoliqov.

Reyting: +102   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика