So’nggi yangiliklar

02:50ЖЧ-2026 саралаши. Хорватия жаҳон чемпионатида, Германиядан ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:55U-17 Жаҳон чемпионатида 1/8 финалга чиққан илк иштирокчилар маълум бўлди  4 01:33Одил Ҳамробеков: "Эрон термасидаги жамоадошларим финалга чиққанимиз билан табриклашди"  3 01:15Рустам Ашурматов: "Фабио Каннаваро ўзи билганларини ўргатиб, барчасини бирдек олиб бормоқда"  2 01:00Абдулла Абдуллаев: "Ҳақли равишда ғалаба қозондик"  0 00:51Отабек Шукуров: "Йиғин бошлангандан кейин 4 кун мобайнида мураббийлар Мисрнинг қандай ўйнашини уқтириб борди"  3 00:23Элдор Шомуродов: "Замонавий футболда барчасига тайёр туриш керак"  8 00:10Фабио Каннаваро: "Жаҳон чемпионатига чиққандан кейин стратегия тузилган ва биз буни бажариш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  13 23:54Мбаппе рекорд ўрнатди  3 23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  20 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  21 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  466 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  6 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2

Janubiy Sudanda bo'lgan tasirli hikoya: "Milan"ning yamoq futbolkasi Yangiliklar

Janubiy Sudanda bo'lgan tasirli hikoya: "Milan"ning yamoq futbolkasi

"U juda baxtli edi. Meni esa aqldan ozgan oq tanli yigit deb o'ylagan bo'lsa kerak..."

Janubiy Sudanda may oyidan beri 620 mingdan ortiq odam kuchli suv toshqinidan jabr ko'rdi — fuqarolar urushi tugaganidan bir yil o'tib, falokat yuz berdi. Ana shunday vaziyatlarning birida daniyalik fotograf Yan Grarup Afrika mamlakatiga borishga qaror qildi. U erda bir bolakay bilan bo'lgan uchrashuv unga qattiq tasir qildi. Bu haqida u o'zining ijtimoiy tarmog'i orqali xabar berdi:

"Men futbol ishqibozi ekanim hech kimga sir emas — dunyoning deyarli har bir mamlakatida sevimli klubim bor. Italiyadan "Milan"ni hamda Zlatanni juda yaxshi ko'raman. Yaqinda Janubiy Sudanning suv bosgan hududlariga safar uyushtirdim. Sayohat davomida futbolni sevadigan, ammo kuchli suv toshqinlari tufayli hech qaerda futbol o'ynashga biror joyi yo'q bolalarni uchratdim.



Nil qirg'og'idagi Kanal deb nom olgan bir qishloqda "Milan"ning eski futbolkasini kiyib olgan bir bolakay etiborimni tortdi. Futbolka juda ham eski va bir nechta joylari tikilgan ham edi. U bilan suhbatlashdim va biz "o'zgacha" kelishuvga erishdik: unga yangi forma olib berdim, eskisini esa menga berdi... U bundan juda ham xursand bo'lib ketdi, hattoki, ichida meni aqldan ozgan oq tanli yigit deb o'ylagan bo'lsa ajabmas. Bo'lishi mumkin... Lekin men uchun uning futbolkasi sanat, sadoqat va muhabbat ramzi edi. Hozir forma shu erda, Daniyada. Janubiy Sudandagi bolalar uchun YUNISEFning muhim tadbirini qo'llab-quvvatlash maqsadida, men formani maxsus ramkaga joylashtirib, uni kim oshdi savdosiga qo'ymoqchiman.



SHuningdek, Yan — o'g'li ham futbolkalarini afrikalik bolakaylarga sovg'a qilmoqchiligi haqida aytdi.


"Nega "Milan", Balotelli, Ibragimovich yoki "rossoneri"ning daniyalik o'yinchisi Simon Ker bunga munosabat bildirmayotganiga hayron bo'lyapman", — deb kecha post joyladi Grarup (birinchi postidan bir hafta o'tgach). — Biz beetibor bo'lmagan insongagina futbolkani sotamiz. Barchasi YUNISEFning Sudandagi ishlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida bo'lmoqda. Ha, aytgancha, o'g'lim Elias futbolni yaxshi ko'radigan afrikalik qiz va o'g'il bolalarga o'zining 200 dan ortiq futbolkalarini sovg'a qilishga qaror qildi".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика