So’nggi yangiliklar

00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  15 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди.  1 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  0 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  13 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  0 21:30Ромелу Лукаку декабргача майдонга қайтмайди  1 21:00Файзуллаевнинг кайфияти чоғ, Ғаниевдан ўткир нигоҳлар. Ўзбекистон терма жамоасининг Эрон билан ўйиндан олдинги расмий машғулотидан галерея  12 20:40"Пахтакор" ўз уйига қайтган норасмий ўйинда "Олимпик"дан устун келди  5 20:09Азизбек Турғунбоев: "Эрондан алам оладиган вақт келди"  5 19:56Неъматов, Насруллаев, Норчаев ва Эшмуродов терма жамоа лагерини тарк этди  17 19:30Эрон билан рақобатнинг бошланиши. Али Дайига аталган ва Ўзбекистон форсларга йирик ҳисобда енгилган ўйинни ёдга оламиз  19 18:59Тимур Кападзе: "Сергеевдек ҳужумчимиз борлигидан хурсандман"   12 18:25Кевин де Брюйне Конте ва Гвардиолани таққослади  0 17:55"Байер" бош мураббийлиги учун янги номзод пайдо бўлди  3 17:25Усмон Дембеле нима учун "Барселона"да кўп жароҳат олган?  7

Janluiji Buffon: “CHempionlar ligasi va Jahon chempionatidan birini tanlashni xohlamayman” Yangiliklar

Janluiji Buffon: “CHempionlar ligasi va Jahon chempionatidan birini tanlashni xohlamayman”

“Yuventus” va Italiya terma jamoasining afsonaviy darvozaboni Milandagi CHempionlar ligasi finali oldidan “MasterCard”ning vakili sifatida Evropaning qator nashrlari savollariga javob qaytardi.

Buffon jamoasining maqsadlari, yaqinlashib kelayotgan Evropa chempionati haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Tanlash mumkin bo'lsa, qay birini tanlardingiz: hozirgacha siz yutmagan CHempionlar ligasinimi yoki faoliyatingizni yakunlaydigan Rossiyadagi mundialnimi?

- O'ylashimcha, shuncha sovrin yutgan istalgan futbolchi g'alaba qozonishga ko'nikadi va hamisha yutishni istaydi. Tanlashni istamayman – har doim zafar quchishni xohlayman.

- Ushbu mavsumda “Yuventus”ga CHempionlar ligasida g'alaba uchun nima etishmadi? Nimani yaxshilash kerak?

- Menimcha, o'tgan yilgi finalda bizga etishmagan qatiyat va ishonchni “Bavariya”ga qarshi uchrashuvlarda ko'rsata oldik. Saviya borasida “Yuventus” hech kimdan ortda qolmaganini namoyish qildik. Evropaning etakchi klublaridan biri ekanimizni isbotladik.

- Polsha terma jamoasi haqida qanday o'ylaysiz? O'zingiz qarshi o'ynagan Robert Levandovski to'g'risida fikrlaringizni aytib o'tsangiz.

- Bu jamoada hamisha ko'plab iqtidorli futbolchilar bo'lgan. Ular hozir ko'tarilish pallasida va bir necha yildan buyon o'sib kelmoqda. Polsha Levandovski singari top-saviyadagi hujumchi bilan yanada kuchliroq jamoaga aylanadi.

- Antonio Konte Angliya Premer-ligasi qanday yangilik olib kiradi?

- Kontening u erda ishlashidan xursandman. Gvardiola, Mourino va u bor musobaqa juda qiziq o'tadi. “CHelsi” futbolchilari uning mashg'ulotidan katta huzur olishadi va jurnalistlarga ham uning ish uslubi yoqadi. Konteni Angliyada muvaffaqiyat kutyapti deb o'ylayman.

- Qaysi jamoada Evropa chempionatida g'alaba qozonish uchun katta imkoniyat bor?

- Albatta, Franciyada. Uyda o'ynab, ular boshqa ishtirokchilarga nisbatan ko'proq ishtiyoqqa ega bo'lishadi. Bundan tashqari, ularda ajoyib tarkib mavjud. Yana favoritlar qatoriga Germaniyani qo'shardim – juda kuchli jamoa. U hamisha xalqaro turnirlarda g'oliblikka davogar bo'ladi. Uchinchi etakchi deb Ispaniyani ko'rsatgan bo'lardim. Yana Belgiya va Italiyani ham shular qatoriga qo'shish mumkin.

- Patrik Evraning obro'si “Yuventus” kiyinish xonasida qanchalik?

- Unga jamoaga xotirjam qo'shilib ketish nasib etdi. Patris o'yinimizning bir qismiga aylana oldi. Maydon va uning tashqarisida u bilan do'stona munosabatdamiz. Jamoadagi hamma uning fikriga quloq tutadi. U sog'lom fikrlaydigan inson. Uni “Yuventus” kiyinish xonasida muhim bo'g'inlardan biri deb hisoblayman.

- Futbol jamoatchiligi Evropa chempionatida xavfsizlik sababli bezovta bo'lishi kerakmi?

- Evropa chempionati kabi yirik tadbirlarda xavfsizlikni to'liq taminlash imkoni yo'q. Lekin barchasi yaxshi bo'lishiga ishonaman. O'ylashimcha, musobaqadagi futbolchilar muxlislarga ijobiy lahzalarni taqdim etish uchun o'z vazifalarini ado etishlari kerak. Asosiy vazifamiz aynan shu.

- “Yuventus” uchun Pogba va Morata kabi futbolchilarni keyingi mavsum uchun saqlab qolish qanchalik muhim?

- Hozir biz raqobatbardosh jamoamiz. Hozirgi tarkibni saqlab qolsak, keyingi yil CHempionlar ligasi sovrini uchun kurasha olamiz. Lekin biror asosiy o'yinchi ketgan taqdirda uning o'rnini to'ldirish kerak bo'ladi. Selekciya bo'yicha klub rahbariyati ayni paytda yaxshi ishlarni amalga oshiryapti va futbolchilar ketgan taqdirda buni munosib almashtira olamiz deb o'ylayman.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика