So’nggi yangiliklar

12:48Суперлиганинг 3-туридаги ҳакамлик таҳлили: "Пахтакор" – "Навбаҳор" ва "Насаф" – "Динамо" ўйинларидаги хатолар ҳамда баҳсли қарорлар  0 12:17Мауро Бразил — Суперлигада дебют қилган илк уругвайлик футболчи  1 11:52Эндрик "Реал"даги келажаги ҳақида қарор қабул қилди  12 11:15"Интер" "Рома" юлдузини трансфер қилмоқчи  0 10:40Расмус Хойлунднинг "Наполи"даги келажаги маълум  1 10:12Спалеттининг "Ювентус"даги келажаги маълум  0 09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   11 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  2 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  3 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  3 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  8 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  11 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  7

"Yuventus" va Vlaxovich yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi: Turinliklarning taklifi hujumchi uchun birinchi o'rinda Yangiliklar

"Yuventus" va Vlaxovich yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi: Turinliklarning taklifi hujumchi uchun birinchi o'rinda

"Yuventus" klubi rahbariyati hujumchi Dushan Vlaxovich bilan shartnomani uzaytirish masalasida dastlabki uchrashuvni o'tkazdi.

Avvalroq 26 yoshli serbiyalik futbolchi faoliyatini Turin klubida yoki "Barselona"da davom ettirmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.

Tomonlarning poziciyasi va Di Marcio malumoti:

Taniqli insayder Janluka Di Marcio bergan malumotlarga ko'ra, birinchi uchrashuv har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishga ochiq ekanligini ko'rsatdi. Garchi yakuniy qaror hali qabul qilinmagan bo'lsa-da, tomonlar kelishuvga erishish yo'llarini izlamoqda va yaqin orada yana uchrashishni rejalashtirmoqda.

"Yuventus" futbolchining shartnomasini faqat o'z shartlari asosida uzaytirishga tayyor ekanligini aniq bildirdi. Vlaxovich esa, o'z navbatida, uning uchun birinchi o'rinda aynan turinliklarning taklifini ko'rib chiqish ustuvor vazifa ekanligini takidladi.

Boshqa klublar bilan kelishuv yo'q:

Takidlanishicha, serbiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi yakuniga etib borayotganiga qaramay, u hozircha hech qaysi boshqa jamoa bilan hech qanday kelishuvga erishmagan. Shu sababli Dushan vaziyatni otasi va muzokaralardagi boshqa vakillari bilan muhokama qilib, yaqin kunlarda "Yuventus" mutasaddilari bilan yana muzokaralar stoliga o'tiradi. Har ikki tomon ayni paytda yangi bitim bo'yicha moliyaviy konsensusga erishish uchun say-harakatlarni amalga oshirishga tayyor.

Reyting:    

Fikrlar

   
03 mar 05:24:26
Burhonbek Abdumo'minov
Ezvordi shu bolayam bir foydasi tegmadi faqat jarohat olgani olgan shu kungacha
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика