So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:0 (матнли трансляция)  6 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  9 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  12 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Jamshid Saidov: “Teng kurashlar ostida kechgan bahsda mag'lubiyatga uchradik” Yangiliklar

Jamshid Saidov: “Teng kurashlar ostida kechgan bahsda mag'lubiyatga uchradik”

“Qizilqum” - “Buxoro” uchrashuvi yakunlangach, matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid SAIDOV ishtirok etdi.

- Bugun teng kurashlar ostida o'tgan o'yinda alamli mag'lubiyatga uchradik, - deya so'z boshladi buxoroliklar ustozi. - Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. Bugun o'yin durang ham bo'lishi mumkin edi. Afsuski, uyga ochkosiz qaytishga majbur bo'ldik.

Butun uchrashuv davomida bizni uyushqoqlik bilan qo'llab-quvvatlagan ko'psonli buxorolik ishqibozlarga rahmat aytaman. Ularning daldasi biz uchun juda muhim. Afsuski, bugun ularning ishonchini oqlay olmaganimizdan xijolatdamiz. Agar bugun g'alaba qozonganimizda chempionat jadvalida hech bo'lmasa bir pog'ona yuqoriga ko'tarilib olardik.  Ammo kurash hali davom etadi. Oldindagi uchrashuvlarda faqat maksimal natijani ko'zlab maydonga tushamiz.

Bugungi o'yinda raqib jamoa tarkibida Bahriddin Vahobov kuchli o'yin namoyish etganligini takidlashni istardim. U katta mahorat va tajribaga ega ekanligi yana bir bor isbotladi. Jamoasi uchun muhim golga mualliflik qildi va uch ochkoni taqdim etdi.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика