Jamshid Saidov: "Navoiy xalqi oldida yuzimiz yorug' bo'lganidan mamnunman"
05 dek 2023 17:03
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "Navoiy xalqi oldida yuzimiz yorug' bo'lganidan mamnunman"
- O'yin haqida
Bugun xarakter ko'rsatdik. Navoiydan kelgan muxlislarga, jamoamizning barcha xodimlariga, rahbariyatga rahmat aytmoqchiman. Ular bizni doim qo'llab-quvvatlab kelishdi. Biz Superligada qoldik, bundan xursandman.
- O'tgan yili chempionlik sari intilgan "Qizilqum" bu yil chempionatda qolish uchun kurashdi. Bu nima bilan bog'liq?
- Birinchidan, u paytda tarkib boshqa edi. Tajribaliroq, yuqori saviyali futbolchilar yig'ilgandi. Hozir esa jamoamiz asosan yoshlardan iborat. Bu o'tmishda qoldi deb o'ylayman. Muhimi, biz oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. Navoiy xalqi oldida yuzimiz yorug' bo'lganidan mamnunman.
- Jamoaning G'iyosov, Akaki va Kenjaboevdan iborat hujum triosi Superliganing eng yaxshilari qatorida etirof etiladi. Ular qoladimi? Malumotlarga ko'ra, Kenjaboev jamoadan ketayotgan ekan...
- Ha, malumotlar chiqdi. Islom Kenjaboev "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzgan. Hozir hech narsa deyolmayman. Ko'pchilik bilan bitim muddati tugamoqda. Navoiyga qaytib, uyog'ini ko'ramiz. Jamoamiz o'zagini 60 foizga saqlab qolmoqchimiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar