Jamshid Saidov: "Bugun "Bunyodkor" legionerlari yaxshi o'yin ko'rsata olishmadi"
02 mar 2024 19:42
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "Bugun "Bunyodkor" legionerlari yaxshi o'yin ko'rsata olishmadi"
- O'yin haqida
- Avvalo, mavsum starti bilan futbol ahlini tabriklayman. Birinchi taymda yaxshi o'ynadik, ikkinchi taymdagi o'yinimiz esa biroz ranjitdi. G'alabadan mamnunman. Muxlislarga esa alohida rahmat aytaman.
- “Qizilqum” 10 ballik tizimda hatto 15 ballga loyiq o'yin ko'rsatdi. Jamoada zaxira o'rindig'i tor. SHu haqda nima deya olasiz?
- Ha, bugun zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirishmadi. Zaxiradan tushganlar yosh bo'lganliklari uchun uncha o'xshamadi.
- “Bunyodkor” haqida nima deya olasiz?
- Bunyodkor kuchli raqib. Bugun ularning legionerlari yaxshi o'yin ko'rsata olishmadi.
- Ayrim poziciyalarda futbolchilarni o'z joyida o'ynatmadiniz. Masalan, Azizbek Usmonov va SHerzod Fayzievni…
- Ha, ularni boshqa joyda o'ynatishga qaror qildim. Umuman olganda, ular boshqa poziciyalarda ham o'ynay oladi. Bu tabiiy hol.
- 65-daqiqadan so'ng jamoa charchab qolgandek tuyuldi…
- Ha, bu sezildi. Masalan, zaxiradan tushganlar o'yinni kuchsizlantirishdi.
- Lobjanidze va G'iyosov qachon safga qaytishadi?
- Ular hozirda jarohatlarini davolash bilan band. Tez oraada ularni maydonda ko'rasiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar