So’nggi yangiliklar

19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  0 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  1 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  2 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  11 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2

Jamshid Iskanderov termaga munosib emasmi? Yangiliklar

Jamshid Iskanderov termaga munosib emasmi?

Buxorodagi finaldan keyin terma jamoa ustozining Iskanderov haqidagi fikrlarini yozgandim.

Katanec hamrohlariga Jamshid "Nasaf" qarshisida hech narsa qilolmagani, uni terma jamoaga chaqirish uchun 120 daqiqada birorta ham sabab ko'rmaganini takidlagan. Sloveniyalik mutaxassis o'sha so'zida turib, "Navbahor" etakchisini navbatdagi yig'ingayam chaqirmadi. Albatta, uning qarorlarini barchamiz hurmat qilamiz. Qachonki, o'z mantig'iga zid kelmasa...

Sentyabr oyidagi hangoma yodingizda bo'lsa kerak. Iskanderovning chaqirilmaganiga sabab sifatida uning bo'yi pastligini ko'rsatgan "kouch" Kamerunga qarshi Jamshiddan ham kichikroq bo'lgan Oybek Bozorovni asosiy tarkibga tashlagan edi.

Endi esa finaldagi omadsizlik ro'kach qilindi. Tushunyapsizmi? Mavsum davomida 20 ta zo'r o'yin o'tkazgan futbolchiga baho faqat 21-(eng omadsiz) o'yindagi harakatlari asosida berilyapti. Mayli, bungayam rozi bo'lardik. Qachonki, hammaga bir xil ko'z bilan qaralsa. Lekin Jamshid yomon o'ynagan finalda asosiy xatoni qilgan Ashurmatov himoyachilar ro'yxatida birinchi bo'lib turibdi...

Yana ham qiziqroq fakt aytaymi? Bo'lajak yig'inga jalb qilingan hujumkor futbolchilar orasida Iskanderovdan yaxshiroq statistika qayd etayotgan birorta yarim himoyachi yo'q:

Jaloliddin Masharipov — 26 o'yinda 2 gol + 5 assist

Azizbek Turg'unboev — 33 o'yinda 3 gol + 8 assist

Oybek Bozorov — 32 o'yinda 6 gol + 4 assist

Ruslanbek Jiyanov — 27 o'yinda 6 gol + 3 assist

Hojimat Erkinov — 33 o'yinda 2 gol + 4 assist

Jamshid Iskanderov esa bu yil 31 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 10 gol (+7 assist) yozdirib qo'ygan. Katanec chaqiruv yuborgan futbolchilar orasidan faqatgina Bobir Abdixoliqov bundan samaraliroq harakat qilyapti (27 gol + 8 assist). 

Xorazmlik "xavbek" shunda ham munosib bo'lmasa, milliy jamoada o'ynash uchun nima qilishi kerak?

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика