So’nggi yangiliklar

01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  2 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  0 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  6 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2

Jamshid Hasanov: "Superligada to'xtalishlar bo'lishiga qaramasdan, shiddat so'ngani yo'q" Yangiliklar

Jamshid Hasanov: "Superligada to'xtalishlar bo'lishiga qaramasdan, shiddat so'ngani yo'q"

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi Superliga 18-turida o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni 2:1 hisobida taslim qildi. Ushbu uchrashuvdan so'ng mezbon jamoa tarkibidagi tajribali futbolchi Jamshid Hasanov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"AGMK bilan o'yinda birinchi bo'limni yaxshi o'tkazgan edik. Faqat, ikkinchi bo'lim boshida bir kishi kam bo'lib qolganimiz rejalarimizni o'zgartirib yubordi. "Qo'qon-1912" bilan o'z maydonimizda, muxlislarimiz ko'z o'ngida o'ynaganimiz uchun ochiq o'yin ko'rsatdik, deb o'ylayman. O'z maydonimizda o'ynaganimiz qo'shimcha kuch berdi. 

Albatta, Superligada bu mavsum to'xtalishlar ko'p bo'lganiga qaramasdan, shiddat so'ngani yo'q. CHempionatimizda yildan-yilga o'sish kuzatilmoqda. Bu esa futbolimiz rivoji uchun ayni muddaodir. 

Ha, "Andijon"da penaltilarni o'zim amalga oshirar edim. "Qizilqum"da ham penaltini men tepishim kerakligini o'yindan oldin aytishdi. Lekin, hali raqib darvozasiga 11 metrlik nuqta beliglanganicha yo'q.

Tarkibimizda tajribali futbolchilar ko'p. Biz doim muxlislarni xursand qilish uchun harakat qilamiz. Muxlislar futbolning bir qismi hisoblanadi",- deydi Jamshid Hasanov. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика