So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Erjan Tokotaev: “O'zimni ancha yaxshi his qilyapman” Yangiliklar

Erjan Tokotaev: “O'zimni ancha yaxshi his qilyapman”

Yurtimizdagi CAFA musobaqasining 3-turida O'zbekiston va Qirg'iz Respublikasi terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda “Andijon” darvozaboni Erjan Tokotaev o'yinning ikkinchi bo'lim boshlarida boshidan jarohat olgani bois majburiy o'zgarish sababli maydonni tark etgandi.

“Andijon” matbuot xizmati Erjan bilan bog'landi. 

- Erjan, sog'ligingiz yaxshimi? O'zbekistonga qarshi o'yinda jarohat oldingiz. Hozir holatingiz qanday?

- Katta rahmat. Hozirgi paytda o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Tahlil natijalaridan so'ng shifokorlar o'zimni zo'riqmay turishimni va tanamga dam berishim kerakligini tavsiya berishdi. Shishish qaytishi uchun biroz vaqt kerak. Shundan so'ng mashg'ulotlarga qaytishim mumkin. 

- Umuman, terma jamoamizga qarshi uchrashuv sizda qanaqa taassurot qoldirdi?

- O'zbekiston bilan o'yin haqida aytadigan bo'lsam, yomon boshlamagandik. Aytishim mumkinki, raqib birinchi taymda faqatgina birgina golli vaziyatni hisobga olmaganda deyarli xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira olmadi. Ikkinchi bo'limda esa deyarli o'ynamadim. Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida to'qnashuv yuz berdi va o'yinni tark etishimga to'g'ri keldi. 

- Malumki, Turkmaniston terma jamoasining asosini “Arkadag” klubi futbolchilari tashkil qiladilar. Siz esa Qirg'iziston termasi safida ularga qarshi o'ynadingiz. “Andijon” OCHL 2 ning ilk turini Ashxobodda aynan “Arkadag”ga qarshi o'tkazishini yaxshi bilasiz. Xo'sh, turkman futbolchilari haqida nimalarni ayta olasiz?

- Tajribali, malakaga ega futbolchilari bor. Albatta, qanday o'yin ko'rsatishimiz o'zimizga bog'liq. Lekin engil o'yinlar bo'lmaydi. 

- Ayting-chi, “Arkadag” bilan uchrashuvda nimaga ko'proq etibor qaratishimiz lozim? Masalan, ularni kuchli va kuchsiz taraflari nimada deb o'ylaysiz?

- Mening fikrimcha, biz nisbatan yoshroq jamoamiz. O'ylaymanki, yaxshi tempda o'yin ko'rsatadigan bo'lsak, bu yaxshi natijani ham keltiradi. 

- Andijonga qachon kelasiz? CAFA musobaqasidan keyin o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Hozirgi paytda tinchgina va yuklamalarsiz dam olishim lozim. Tezroq safga qo'shilishim uchun qo'limdan kelgan barcha harakatni qilyapman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика