So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  6 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  17 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  406 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Jamoliddin Rahmatullaev: "SHogirdlarim Jahon chempionatini boshlarini tik tutgan holda tark etishdi" Yangiliklar

Jamoliddin Rahmatullaev: "SHogirdlarim Jahon chempionatini boshlarini tik tutgan holda tark etishdi"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev Jahon chempionatidagi ishtirok, Franciya bilan o'yin va boshqa jarayonlar haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Malumot uchun, Jamoliddin Rahmatullaev Angliya bilan o'yinda maydondan chetlatilgani uchun so'nggi uchrashuvni tribunada kuzatishga majbur bo'ldi. Murabbiy mazkur vaziyatga ham to'xtalib o'tdi. 

"Jahonning kuchli 8 terma jamoasi qatoridan joy olganimiz umumiy manoda yaxshi, lekin bundan ham yaxshiroq natija ko'rsatishimiz mumkin edi. Buni barcha murabbiylar his qilib turdi. Bu keyingi musobaqalarimiz uchun yaxshigina poydevor vazifasini o'tab beradi. 

Jahon chempionatigacha katta yo'lni bosib o'tdik. O'FA barcha sharoitlarni yaratib berdi. Mali bilan o'yindan so'ng yigitlar bilan ruhan ish olib bordik. Gaplashib oldik. Kanada bilan o'yin burilish nuqtasi bo'la oldi. O'yindan o'yinga kuchayib bordik. 

Franciya bilan o'yinni maydon tashqarisidan kuzatishni so'z bilan tariflab bera olmayman. Juda qiyin. Jamoangiz eng muhim pallada-yu, siz muxlislar qatoridasiz. Hissiyotlarga berilib ketib xato qildim. Hissiyotlarni boshqara olmaslik shunday joyda pand berishini ko'rdik.

O'ylaymanki, yigitlar Jahon chempionatidagi natija bilan to'xtab qolishmaydi va oldinga intilishda davom etishadi. SHogirdlarim turnirni boshlarini tik tutgan holda tark etishdi. Bu hali boshlanishi", – deydi Jamoliddin Rahmatullaev.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика