So’nggi yangiliklar

23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  0 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  3 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 21:44АПЛ. "Челси" - "Астон Вилла" учрашуви асосий таркиблари маълум!  4 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  15 20:52Ван Дейк "Вулверхэмптон"га қарши ўйиндан олдин Жотанинг фарзандлари билан майдонга тушди  3 20:24Пеп Гвардиола: "Байрамда йиғилган барча ортиқча вазн шу ўйинда ташланди"  1 19:55"Реал" Себальоснинг ўрнига 60 млн евролик футболчини сотиб олиши мумкин  3 19:39FUTSAL AWARDS – 2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросими бўлиб ўтди  1

Jamoliddin Rahmatullaev: "Jahon chempionati biz uchun yaqinlashib bormoqda" Yangiliklar

Jamoliddin Rahmatullaev: "Jahon chempionati biz uchun yaqinlashib bormoqda"

17 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi saralashidan o'rin olgan Janubiy Koreyaga qarshi bahsdan so'ng O'zbekiston bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev va Lazizbek Mirzaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Barchani bugungi orziqib kutilgan g'alaba bilan tabriklayman. Hammaga kattakon rahmat. Biz sizlarning qo'llab-quvvatlashingizni his qilib turdik. Bizning maqsadlarimiz katta. So'ngi paytlardagi yaratib berilayotgan imkoniyat va natijalar O'zbekistonda bolalar futboli rivojlanib borayotganini ko'rsatmoqda. InshaAlloh, Jahon chempionati ham biz uchun yaqinlashib bormoqda. 

Birinchi bo'lim haqida

Bu yoshda psixologik holat ko'p narsani hal qiladi. Birinchi bo'lim biroz og'ir o'tdi. Bolalarni ruhan tayyorlashga biroz vaqt ketdi. Ularni o'zlariga ishonchini qaytarishga harakat qildik. Oldimizda qiladigan ishlarimiz ko'p. 

Raqib kuchli tomonlari va zaif tomonlari o'rganildi. Ular Osiyoning eng kuchli jamoalaridan hisoblanadi. Ularga ham g'alaba juda zarur edi. Lekin biz harakat qildik va vaziyatni o'z foydamizga yakunladik. Xatolarni sovuq miya bilan ko'rib chiqamiz va ularni to'g'irlaymiz. Biz bundan ham ko'prog'iga qodirmiz. Bolalar yosh, ular ustida hali ko'p ishlaymiz. 

Jismoniy holat haqida

- Bizda futbolchilarni vitaminizaciya qilish bo'yicha muammo yo'q. Bu borasida rahbariyat bilan hammasini hal qilganmiz. Biz avvalgi Evropa jamoalari bilan o'yinlarda bolalarimizni jismoniy holatini ko'rdik. Bu tizimli narsa. Bu narsani doimiy olib borsak, sekin sekin bizda hammasi joyiga tushadi. 


Lazizbek Mirzaev:


O'yin haqida 

- bugun qiyin o'yin bo'lib o'tdi. Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. O'FA vakillari, murabbiylar va jamoadoshlarimga rahmat aytmoqchiman. Bolalar hammasini isbotladi va natija bilan nimalarga qodirligimizni ko'rsatdi. 


Gol haqida

- Yaxshi niyat qilib jarima zarbasi  oldiga bordim. Ota-onam va muxlislar uchun oldimdagi imkoniyatdan foydalanishga maksimal harakat qildim. Xudoga shukur, bu gol bilan tugadi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика