So’nggi yangiliklar

13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  0 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  2 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  1 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  5 11:20Ўйин давомида биттагина зарба. У "Сити" "Арсенал"дан 9 очко ортда қолиб кетишига етарли бўлди  1 10:55"Барселона" президентлигига қайта сайланган Лапорта нималар деди?  1 10:27Африка қитъасида дунёдаги энг катта стадион қурилмоқда  5 09:50МЮ раҳбари Майкл Кэррикни доимий бош мураббий қилмоқчи эмас  15 09:21Расман. Бразилиялик футболчи "Каттақўрғон" аъзоси  2 08:52"Сурхон"ни янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  2 08:23Исломбек Исмоилов тарихга кирди  8 07:54"Барселона" президентлик сайловлари натижаларини эълон қилди  10 07:30"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди  64 02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  6 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  9

"Jamoani ancha avval tark etgandim"- Husniddin G'ofurov "Neftchi"dan ketishi va "So'g'diyona" taklifi haqida Yangiliklar

"Jamoani ancha avval tark etgandim"- Husniddin G'ofurov "Neftchi"dan ketishi va "So'g'diyona" taklifi haqida

Birinchi davrani muvaffaqiyatsiz o'tkazgan "Neftchi"ni yozgi transferlar oynasi ochilmasidanoq futbolchilar tark etishni boshlagandi.

Qishda jamoaga jalb qilingan yarim himoyachi Husniddin G'ofurov farg'onaliklar bilan xayrlashib "So'g'diyona" tarkibiga qo'shildi. Qiziq, nima uchun Superligada birinchi davra   yakuniga etmay shunday qarorga keldi? Yaqinda Husniddin G'ofurovni suhbatga chorlab bir qator savollarimizga javob oldik.


- Yangi mavsum oldidan "Neftchi" tarkibiga qo'shilgan edingiz. Aftidan bu jamoadagi faoliyatingiz ko'ngildagidek chiqmadi...

- "Neftchi"ga o'tganimdan afsuslanmayman. CHunki bu vaqtda oilam va otam bilan biroz bo'lsada birga bo'ldim. Hamma narsani yaxshillikka yo'yish kerak. Barchasi xudodan. 

- Birinchi davra tugamasidanoq jamoani tark etdingiz. Bu paytda sizni "So'g'diyona"da ko'rdik. Biroq o'sha pallada Ilhom Mo'minjonov jarohatini davolamoqda, degandi. Aslidachi?

- Bu gaplar bilan kimga nimani isbotlamoqchi bo'ldi, bilmayman. Ochig'i buni men ham tushunganim yo'q. Boisi men jamoadan ancha oldin ketgan edim. Balki jamoada uzoqqa bormasligimni chempionat boshlanmasidan bilgandir. 

- "Neftchi"ning muvaffaqiyatsiz natijalarida jarohatlarni sabab sifatida ko'rsatish mumkindir. Lekin hammasi taradduddagi jismoniy tayyorgarlikka borib taqalmaydimi?

- Tayyorgarlik ko'ngildagidek bo'lgandi. Afsuski futbolchilar qaerdadir ko'p jarohatlar olishdi. Mazkur holatga kimnidir aybdor, deb ayta olmayman.

- Umuman olganda "Neftchi"da jarohat olgan futbolchilarga etibor qay darajada bo'ldi?

- Jarohatlangan o'yinchilarga professional tomonlama etibor beradigan klublar bor. Lekin bu erda emas. 

- "So'g'diyona" taklifiga qanday rozi bo'ldingiz? Poziciyangizdagi raqobatga tayyormisiz?

- Bu klub taklif bilan chiqqanidan minnatdorman. CHunki birinchi davrada o'yin amaliyoti juda kam bo'ldi. Albatta raqobat borligi klub va futbolchi uchun foydali. Men tayyorman.  

- Ko'p jamoa almashtirishga munosabatingiz qiziq...

- Jamoasini hadeb o'zgartiraverish futbolchi uchun yaxshimas. Siz bir joyda ish boshlaysiz, boshqa klubga o'tib yana noldan qurasiz. Qani edi bir klubda barqaror o'ynab muxlislarni xursand qilsak. Balki "So'g'diyona"da shunday bo'lishi mumkindir. 

- Klublar o'z oldilariga doim yuqori va sovrinli o'rinlarni egallashni maqsad qilib qo'yadi. Lekin ular bunga tayyormidi? "Neftchi" ham yuksak vazifalar bilan Superligaga qaytdi. Biroq ayni payt egallab turgan o'rni aksincha...

- Gap bilan hamma narsani hal qilib bo'lmaydi. Kamtar bo'lib barchani xayron qoldirgan yaxshiku. 

- Nihoyat bu yil chempionlik Toshkentdan tashqariga chiqishi mumkinmi?

- O'zingiz ko'rib turibsiz. Hozir hech narsa deya olmayman. Bu kurash oxirgi turga qadar davom etadi, deb o'ylayman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика