So’nggi yangiliklar

17:34ОКМК 11 йилдан сўнг Олмалиқда "Навбаҳор"га 3 та гол урди  0 17:20Ариф Асадов: "Ўзбекистон ва Озарбайжон жаҳон чемпионатини юқори даражада ўтказиш учун барча чораларни кўришига ишончим комил"  0 17:06Суперлига. "Насаф" - "Машъал". Таркиблар маълум  1 17:03Миржалол Қосимов: "U-20 Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилиш — Озарбайжон ва Ўзбекистонда футболни ривожлантириш учун яхши имконият"  2 17:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" (матнли трансляция)  3 17:00Суперлига. "Қўқон-1912" - "Пахтакор" 0:0 (матнли трансляция)  14 16:36“ЎФФ Президенти кубоги” – оммавийлик пойдевори  0 16:26"Тоттенхэм" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  4 16:05Про лигада ким ғолиб бўлади? Регламент нима дейди?  1 15:34"Газиантеп" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 13:50"Галатасарой" Мессига қизиқмоқда  10 13:22U-17 жаҳон чемпионати. Ўзбекистонлик ҳакамлар бугун АҚШ — Тожикистон ўйинида ишлашади  3 12:48"Бухоро" ва "Нефтчи" жамоалари ўртасида дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 12:33U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Европа жамоаларига фақат бир марта ютқазган  13 12:00Championat.Asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг октябрь ойидаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  1

"Jamoadan ketishimda ham chiroyli gol urgandim, qaytishim ham shunday yakunlandi yoxud bugungi "Paxtakor"da hamma narsa o'zgargan" - Sardor Rashidov "Qayrat" bilan uchrashuvdan so'ng yana nimalar dedi? Yangiliklar

"Jamoadan ketishimda ham chiroyli gol urgandim, qaytishim ham shunday yakunlandi yoxud bugungi "Paxtakor"da hamma narsa o'zgargan" - Sardor Rashidov "Qayrat" bilan uchrashuvdan so'ng yana nimalar dedi?

"Paxtakor" yarim himoyachisi Sardor Rashidov "Qayrat"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Futbolchi bugungi uchrashuvda ajoyib zarba bilan raqib darvozasini ishg'ol qilib jamoasining gollaridan biriga mualliflik qildi. 

"O'yin qiziq o'tdi. Birinchi navbatda noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan stadionga kelib qo'llab-quvvatlab turishdi. Rasmiy bellashuvlar oldidan oxirgi o'rtoqlik o'yinimizni ko'tarinki ruhda yakunladik. Superliga va O'zbekiston kubogida g'oliblik uchun kurashamiz. Bilasiz "Paxtakor" doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi", - deydi Sardor Rashidov.

- "Paxtakor"ga qaytishingizni gol bilan nishonlashni kutganmidingiz?

- Kutish yoki kutmaslik emas, gol urish niyatim bor edi. "Paxtakor"dagi so'nggi golimni ham "pushka" uslubida urgandim. Buni qarangki, qaytishim ham shunday bo'ldi. Davomli bo'lsin. 

- Jamoaga kech qo'shildingiz. Sport formangiz qanday?

- 100 emas, 70-80 foiz yaxshi holatda deya olaman. O'yinlargacha yanada optimal holga kirishga harakat qilaman. 

- "Paxtakor"da nima o'zgargan?

- Bugungi "Paxtakor"da hamma narsa o'zgargan. Maksim SHackix o'zi ham futbol o'ynagan. SHu bois qo'l ostidagi shogirdlarini ham tushunadi. O'ylaymanki, bu mavsum OCHLda ham yaxshi natija ko'rsatamiz.  

- Uzoqdan ko'p bor chiroyli gollar urasiz. Buning siri bormi?

- Hammasi xudodan. Biz faqat tepamiz, xolos. 

- "Paxtakor"ga OCHLda ham yordam berasizmi yoki yozda boshqa jamoalardan taklif tushsa klub qo'yib yuboradimi?

- Bu savolingizga javob bera olmayman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика