Jaloliddin Sodiqov: Stadion tashqarisida muxlislar qo'llab-quvvatlaganini sezib turdik
16 iyu 2022 00:34
Yangiliklar
Jaloliddin Sodiqov: Stadion tashqarisida muxlislar qo'llab-quvvatlaganini sezib turdik
O'zbekiston - Yaponiya o'yinidan so'ng futbolchilarimiz o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.
Futbolchimiz Jaloliddin Sodiqov ham «Championat.asia»ga intervyu berdi.
— O'yin haqida fikringiz…
— Uchrashuv juda zo'r bo'ldi. Yarim finalni yutdik, chempionlikka bir qadam qoldi.
— Mazkur o'yindan avval qo'rquv yo'qmidi.
— Yo'q. Biz o'z kuchimizga ishongan holda maydonga tushdik. O'z o'yinimizni ko'rsatib, g'alaba qozondik.
— Maydon tashqarisida minglab muxlislar yig'ildi…
— Ha buni o'yin payti sezib turdik. Ular hamisha bizga kuch bag'ishlagan. Doim ular uchun, xalqimiz uchun maydonga tushamiz.
— Finalda Saudiya Arabistonidan nima kutyapsizlar?
— Ular ham yaxshi jamoa, kuchli futbolchilari bor. O'z o'yinimizni ko'rsatib, nasib qilsa g'alabaga erishamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar