Jaloliddin Masharipov: "Ikkinchi bo'limdayoq Avstraliyaga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlab yubordik"
19 jan 2024 01:51
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: "Ikkinchi bo'limdayoq Avstraliyaga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlab yubordik"
"Bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Birinchi o'yinda hayajon kuzatilgandi. Hatto Hindistonga qarshi o'yindan avval ham biroz vahima kuzatildi. Yigitlar xotirjamlikni yo'qotgani yo'q. Ilk turda g'alaba qozona olmaganimiz uchun muxlislar tanqid ham qilishdi. Avstraliyaga qarshi uchrashuvda ham ishqibozlarni xursand qilishga harakat qilamiz. Bizda ichki muhit alo darajada. O'yindan o'yinga yaxshilanib boraveramiz.
O'yin tempini pasaytirishni murabbiy so'ramadi, lekin o'yindan kelib chiqib, shunday qildik. Ikkinchi bo'limdayoq Avstraliyaga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlab yubordik.
Plef-offdagi bo'lg'usi raqiblar to'g'risida o'ylab ko'ryapmiz. Muxlislarga biz bilan bo'lishini so'rab qolaman. Biz sizlar uchun o'ynaymiz. Xuda xohlasa, kubok bilan ortga qaytamiz", — dedi Masharipov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar