So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  3 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  15

Jalil Kimsanov: Futbolimizdagi islohotlarni qo'llab-quvvatlayman Yangiliklar

Jalil Kimsanov: Futbolimizdagi islohotlarni qo'llab-quvvatlayman

O'tgan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi ko'rsatgan natijalarda o'zining munosib ulushini qo'shgan mohir himoyachi Jalil Kimsanov bilan o'tgan mavsum yakunlari va futbolimizdagi islohotlar mavzusida suhbatlashdik.

– Jalil siz uchun o'tgan mavsum qanday o'tdi?

– O'tgan mavsum haqida eslasak jamoamiz uchun yaxshi o'tdi deb o'ylayman. Garchi yakunda o'zimiz istagan o'ringa ega chiqmagan bo'lsak-da, muxlislarimizni xursand qilgan kunlarimiz ko'p bo'ldi. O'zimga kelsak mavsum boshidan murabbiylarimiz asosiy tarkibda menga ishonch bildirishdi. Qo'limdan kelgancha ona shahrim sharafini himoya qildim. 2-davrani yarmidan keyin men turli jarohatlar sabab, ancha o'yinlarni o'tkazib yubordim.

Yaratganga shukr barchasi ortda qoldi. Hozir sog'-salomatman, jamoamiz bilan birga mashg'ulotlarda astoydil ter to'kyapman. Maqsadim yangi mavsumda ilojini boricha jamoamga foydam tegsa, muxlislarni o'zimni o'yinlarim bilan xursand qilsam deyman.


– Futbolimizdagi o'zgarishlar haqida ham fikringizni bildirsangiz...


– Barcha sohalarda ham izlanish, yangilikka intilish bo'lsa rivojlanish bo'ladi. O'FF rahbariyatini futbolimizga kiritayotgan yangi islohotlarini qo'llab-quvvatlayman. Bu o'zgarishlar o'zbek futbolining rivojlanishi, terma jamoalarimizning halqaro maydonlardagi natijalarini yaxshilanishiga xizmat qiladi, degan umiddaman. Bizning muxlislarimiz ham jahon chempionatlarida o'zimizning jamoamizga muxlislik qiladigan davrlar yaqinlashmoqda deb o'ylayman.

Bizning jamoamiz ham kelayotgan mavsumda o'zining tarixida yangi sahifa yaratadi . Bunga ishonchim komil. CHunki No'mon Hasanov boshchiligida barcha murabbiy va futbolchilarimiz bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishmoqda. O'tgan yilgi tarkibimizning asosi bu yil ham saqlanib qolganligi esa jamoamizdagi ichki muhitning alo ekanligidan dalolat beradi.

SHu o'rinda muxlislarimizga doim bizni qo'llab kelayotganlari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Kelayotgan mavsumda ham ular biz bilan doim birga bo'lishlariga ishonaman – deydi J Kimsanov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика