So’nggi yangiliklar

18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 1:0 (матнли трансляция)  6 17:57Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  11 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6

Jahongir Mehmonov: “Paxtakor”ga qarshi bahsda biz o'z vazifamizni bajardik” Yangiliklar

Jahongir Mehmonov: “Paxtakor”ga qarshi bahsda biz o'z vazifamizni bajardik”

Kecha Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida kechgan “Neftchi” – “Paxtakor” (3:2) o'yinida maydon egalari g'alaba qozonib, o'z muxlislarini behad quvontirdi.

Aytish kerakki, farg'onaliklar so'nggi bor 2012 yili o'z maydonida “SHerlar”ni mag'lub etgandi. SHundan beri toshkentliklar g'alaba nashidasini surib kelayotgandi. “Neftchi”ning kecha uch ochko qo'lga kiritishida barcha futbolchilarning xissasi katta bo'ldi. SHu jumladan Jahongir Mehmonovning ham. SHu munosabat markaziy himoyachini suhbatga chorladik.

- Jahongir, avvalo jamoangizning qo'lga kiritgan g'alabasi bilan tabriklaymiz. O'yin haqida nima degan bo'lardingiz?
- Tabrik uchun rahmat. O'yinga keladigan bo'lsak, chempionat peshqadamini mag'lub etish har doim yoqimli. Muxlislarimizga xursandchilik ulashganimizdan mamnunman. Hech qachon g'alabaga osonlikcha erishmaysiz. “Paxtakor” bilan bahsda ham qiyinchilik bo'ldi. Ammo shunga qaramay biz o'z vazifamizni bajardik.

- G'alaba nimani evaziga qo'lga kiritildi deb o'ylaysiz?
- Jamoaviy o'yin va ahillik hisobiga degan bo'lardim. Bizda ichki muhit alo darajada. Hamma bir-biri bilan huddi aka-ukadek bo'lib ketgan. Qo'llab-quvvatlashni his etasiz. Tabiiyki bu g'alabalarimiz garovi bo'lmoqda.

- “Paxtakor”ni joriy mavsum shu kungacha chempionatda “Lokomotiv”dan boshqa klub to'xtata olmayotgandi...
- To'g'risi, biz ham uchrashuvdan oldin raqibni puxta o'rganib chiqqandik. Tayyorgarlik ham shunga monand bo'lgandi. Har birimiz g'alaba qozonishni istadik. Murabbiylarning bergan ko'rsatmalarini aniq va to'g'ri bajarganimiz natijasida muvaffaqiyat qozondik deb o'ylayman. “Paxtakor”ning ham o'z vazifasi bor. Lekin “Neftchi”ning ham malum bir maqsadi bor.

- Mansur Saidovning birinchi bo'lim o'rtalariga kelganda, maydondan chetlatilishi sizlarga ham salbiy tasir o'tkazgandir?
- Albatta. Saidov jamoamiz sardoridir. SHuningdek etakchilarimizdan biri sanaladi. Akmal Xolmatov va Mansur Saidovning yo'qligi bilinadi. Ularda tajriba katta. Yoshlarni o'z ortidan ergashtira olish xususiyati mujassam. Saidov chetlatilgach, unga ruhan dalda bo'lish uchun ham g'alaba qozonishga urindik.

- “Paxtakor”dan qanday o'yin kutgandingiz-u, raqib shu kuni qanday o'yin ko'rsatdi?
- “Paxtakor” kuchli jamoa. Amaldagi chempion sanaladi. Ularning ko'p futbolchilari milliy terma jamoaga nomzod ekanligi ham fikrimni yanada jonlantirsa ajab emas. Biz raqibdan qanday o'yin ko'rsatishini emas, balki o'z vazifamizni aniq bajarishni o'ylagandik. CHunki maydonda o'z ishingizni to'g'ri bajarsangiz, hammasi risoladagidek kechadi.

- Siz himoyachi sanalasiz. “SHerlar”ning hujumchilariga qarshi o'ynash qiyin bo'lgandir?
- Hech bir o'yinda oson bo'lmaydi. “Paxtakor” bilan uchrashuvda ham qiynaldik. Lekin bu odatiy xol. Ularda ham biz kabi futbolchilar o'ynamoqda.

- Endi keyingi turda “Nasaf” bilan yana bir jiddiy o'yin kutib turibdi.
- Ha, qarshiliklar mamlakatimizdagi top klublardan biridir. Ularda ham jamoviy o'yin yaxshi shakllangan. Lekin “Neftchi” ham osonlikcha taslim bo'lmaydi va yana muxlislarini quvontirish uchun astoydil xarakat qiladi. Nasib qilsa safardan uch ochko bilan qaytamiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика