So’nggi yangiliklar

13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда ўз дарвозасидан гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон дунёдаги энг яхши мамлакат"  0 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  2 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  9 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  9 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  4 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  10 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2

Jahongir Mehmonov: “Navbahor” oldiga chempionlik vazifasi qo'yilgan” Yangiliklar

Jahongir Mehmonov: “Navbahor” oldiga chempionlik vazifasi qo'yilgan”

Namanganning “Navbahor” Superliga bahslarida kuchli raqiblarni mag'lubiyatga uchratmoqda.

Bundan avvalgi turda namanganliklar Buxoroda “Buxoro” jamoasi mehmoni bo'ldi va kichik hisobda g'alaba qozondi. “Navbahor” navbatdagi turda o'z uyida Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan biz “Navbahor” jamoasi futbolchisi Jahongir Mehmonov bilan bog'lanib chempionat bahslari haqida suhbatlashdik.


- Navbatdagi turda “Qizilqum” jamoasini qabul qilasizlar. Ushbu uchrashuvga qay darajada tayyorgarlik ko'rdinglar?

- “Qizilqum” jamoasiga qarshi alo darajada tayyorgarlik ko'ryapmiz. Biz uchun faqat g'alaba kerak. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot olib boryapmiz. Jismoniy mashqlar ham taktik mashqlar ham bajaryapmiz. Raqib jamoaning har bir chizig'idagi futbolchilarni yaxshilab o'rganib chiqyapmiz. “Qizilqum” jamoasida Nemanya Yovanovich to'p tepadi. Barcha yaxshi bilsa kerak o'tgan yili Yovanovich “Navbahor” jamoasida faoliyat olib borgan. “Qizilqum”ning har bir futbolchisining kuchli va kuchsiz tomonlarini ko'rib shunga yarasha tayyorgarlik ko'ryapmiz. 

- Bundan avvalgi turda safarda “Buxoro” jamoasini mag'lub etib qaytdinglar. Ushbu uchrashuvdagi g'alaba “Qizilqum” bilan bo'ladigan bahsda ruhan o'z tasirini o'tkazadimi?

- Bitta o'yinda g'alaba qozonsak kayfiyat o'yindan o'yinga yaxshilanib boraveradi. Buxoroda qo'lga kiritilgan g'alaba “Qizilqum”ga qarshi bahsda ruhan tasir o'tkazadi. Bu futbol. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. “Buxoro” jamoasi o'z uyida mag'lub bo'lmagan ekan. Biz borib g'alaba bilan qaytdik. Bundan xursandmiz. Ushbu g'alaba tarixda qoldi. Endi bor etiborimizni “Qizilqum” bilan bo'ladigan o'yinga qaratishimiz kerak. 

- “Navbahor” jamoasi ham o'z uyida mag'lub bo'lmagan...

- Nasib qilsa bu yilgi mavsumda ham ushbu natijani takrorlamoqchimiz. Uydagi o'yinlarni mag'lubiyatsiz o'tkazish niyatidamiz. 

- OAV vakillari va ko'pchilik muxlislar “Navbahor”ga uy jamoasi deya tarif berishmoqda. Bunga qanday munosabat bildirasiz?

- Misol uchun, boya aytib o'tganimdek “Buxoro” jamoasi ham o'z uyida mag'lub bo'lmagan. Hech kim “Buxoro”ni uy jamoasi degani yo'q. Biz mag'lubiyatsiz o'yinlar o'tkazganimiz uchun ham bizga shunday tarif berishgan. Agarda mag'lubiyatga uchraganimizda bunday gaplar bo'lmasdi. Bu yaxshi natija, deb o'ylayman. Biz uy jamoasi emasmiz. Safardagi uchrashuvlarda ham kuchli o'yin ko'rsatamiz. Statistikaga qaraydigan bo'lsak, safardagi o'yinlar ochkolari bo'yicha uchinchi pog'onadamiz, uydagi o'yinlar ochkolari bo'yicha esa beshinchi pog'onada turibmiz. 

- Superliga bahslarida ajoyib natijalar qayd etyapsizlar. Jamoaning kuchi nimada?

- Boshqa futbolchilar ham bizga o'xshagan sportchilar. Ular ham robot emas. Biz ham kuchlilar qatorida yurishni xohlaymiz. Biz bir oilamiz. Ilhom Mo'minjonov jamoaga bir oilamiz degan tushunchani olib kirdi. Murabbiyimiz ruhiy tomondan ham alo darajada futbolchilarni o'yinga tayyorlay oladi. Ilhom Mo'minjonovni kuchli ruhshunos desam mubolag'a bo'lmaydi. 

- Superliga bahslari qay darajada qiziqarli o'tmoqda?

- CHempionatimizning bu yilgi formati o'zgarganligi sababli ham har bir o'yin qiziqarli o'tmoqda. Ayni damda chempionatimizda kuchli jamoa ham kuchsiz jamoa ham yo'q. Har bir jamoa bir-birini mag'lub etib kelmoqda. SHuning uchun ham chempionatimiz qiziqarli bo'lmoqda. Televideniya ham har bir uchrashuvlarni to'g'ridan-to'g'ri namoyish etmoqda. Stadionlarga ko'plab muxlislar tashrif buyurishmoqda. Bizning muxlislarimiz o'zgacha. O'ylashimcha O'zbekiston bo'yicha eng kuchli muxlislar Namanganda bo'lsa kerak. Avval Toshkentdagi o'yinlarga muxlislar tashrif buyurishmasdi. Bu yil Toshkent jamoalarining o'yinlariga o'tgan yilgiga qaraganda ancha ko'p muxlislar kelishmoqda. Bunday holat futbolchilarni xursand qiladi. Futbolchilar muxlislar uchun o'ynaydi. Muxlislarsiz futbol bo'lmaydi. Muxlislarimiz bizning o'n ikkinchi o'yinchimiz. 

- CHempionlik yo'lida raqiblar qay darajada qiyinchilik tug'dirishmoqda?

- Hozir oson o'yinning o'zi yo'q. Har bir o'yin qiyinchilik bilan o'tmoqda. Eng qiyin bahs mag'lubiyatga uchragan o'yinlarimiz. “Paxtakor” bilan o'yinda mag'lub bo'lganimiz, Jizzaxda “So'g'diyona” jamoasiga qarshi 2ta to'p farqi bilan oldinda bo'lib turib mag'lub bo'ldik. "Paxtakor" bilan o'yinda o'z imkoniyatlarimizdan to'g'ri foydalanganimizda g'alaba qozongan bo'lardik. Biz Toshkentga faqat g'alaba qozonish uchun borgandik. Endi bu o'yinlar tarixda qoldi. Bu uchrashuvlarni esdan chiqarib faqat olg'a intilishimiz kerak. Oldimizda turgan o'yinlar haqida o'ylashimiz kerak. 

- “Navbahor” oldiga chempionlik vazifasi qo'yilganmi?

- Rahbariyat tomonidan o'z oldiga chempionlik vazifasi qo'yilgan. Biz o'z oldimizga katta maqsadlarni qo'yganmiz. Nasib qilsa bu mehnatlarimiz o'z samarasini bersa chempion bo'lishga harakat qilamiz. Maqsadlarimizning eng asosiysi OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish. Bu muxlislarimizning orzusi. Biz muxlislarimiz uchun OCHL yo'llanmasini sovg'a qilmoqchimiz. Bir paytlar “Navbahor” OCHLda ishtirok etgan. Biz mana shu natijani yana takrorlamoqchimiz. Tarixni takrorlamoqchimiz. 

- “Qizilqum”ga qarshi o'yin oldidan jamoada yo'qotishlar bormi?

- Himoyachimiz Tomislav Payovichning sariq kartochkalari soni 4taga etgani bois ushbu uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Boshqa yo'qotishlar yo'q. 

- Sizga boshqa jamoalardan takliflar bormi?

- Albatta, takliflar bor. Hozircha bu narsa meni o'ylantirmayapti. Boshqa takliflarni ko'rib chiqishga vaqtim ham yo'q, imkoniyatim ham yo'q. CHunki, hozir “Navbahor” haqida o'ylayapman. 

- Muxlislarga tilaklaringiz

Mag'lub bo'lganimizda ham bizni to'g'ri tushunib qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Muxlislarimiz bizni qo'llab-quvvatlab tursa g'alabalarimizni ularga taqdim etamiz.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика