So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Izzatilla Abdullaev: “G'alaba qozonish maqsadimiz edi” Yangiliklar

Izzatilla Abdullaev: “G'alaba qozonish maqsadimiz edi”

Oliy liganing 25-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Metallurg” ni qabul qildi va ikkinchi mavsumdagi ilk o'ydagi g'alabasiga erishdi.

Mavsum davomida o'zining gollari va mazmunli o'yinlari bilan jizzaxlik futbol muhlislarini yoqimtoyiga aylagan Izzatilla Abdullaev “Metallurg”ga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. O'yinni bevosita stadiondan kuzatgan ishqibozlar ko'plab driblinglarni va zarbalarni amalga oshira olgan Abdullaevga yuqori baho berishdi. Uchrashuvda u dubl qayd etdi va jamoaning g'alabasiga munosib hissa qo'shdi. O'yindan so'ng hujumchi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bahs qiyin bo'ldi. O'z maydonimizdagi har bir o'yinda g'alaba qozonish bizga katta kuch va ishonch beradi. “Metallurg” ga qarshi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik va yaxshi natija ko'rsata oldik. Gollarim  bilan jamoaning g'alabasiga hissa qo'shganimdan xursandman. Barcha jamoadoshlarimga rahmat. Murabbiyim menga ishonch bildirayaptimi? Men uni oqlashim zarur. Bahoni esa muhlislar berishadi. Mavsum yakunlanmoqda. Yana 5 ta o'yin qoldi. Kerakli ochkolarni yig'ib mavsumni yakunda yaxshi natijaga erishib yuqoriroq o'rinlardan birini egallaymiz degan umiddaman.Bizni mavsum davomida qo'llab- quvvatlab kelayotgan muhlislarimizga rahmat - deydi “So'g'diyona”ning yosh umidli hujumchisi.

“So'g'diyona” matbuot xizmati


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика