"Manchester Siti" Trafford bilan shartnoma imzolashi mumkin
19 iyu 00:21
Yangiliklar


"Manchester Siti" Trafford bilan shartnoma imzolashi mumkin
Jeyms Trafford "Manchester Siti"ga qaytishi mumkin.
Fabricio Romanoning malumotiga ko'ra, "shaharliklar" ushbu yozda darvozabonlaridan birining ketishiga tayyor turishi kerak. Ederson va Shtefan Ortegaga boshqa jamoalardan takliflar bor.
So'nggi kunlarda "shaharliklar" darvozabon borasida "Bernli" bilan aloqada bo'lib turibdi. "Siti"da tarbiyalanuvchisini sotib olish imkoniyati bor. Biroq hozirda "Nyukasl" ham posbon uchun kurash olib bormoqda.
27 yoshli kiper o'tgan mavsumda Chempionshipning 45 o'yinida qatnashib, shularning 29tasida darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar